Yaxshi kunlarga yetdik, shukur
Mening bolaligim ikkinchi jahon urushidan keyingi ocharchilik yillariga toʻgʻri kelgan. Otam rahmatli biz farzandlarini boqish uchun kecha-kunduz tinmay ishlardilar. Tong otmasidan bozorga ketib, qorongʻi tushganida kelardilar. Erta tongda dehqonlar bozorga olib chiqqan mahsulotlarini koʻtara oluvchilarga sotib, yana qishlogʻiga qaytib ketishardi. Otam ana shunday oshiqqich dehqonlardan 10-15 tacha qovunni sotib olib, tilimlarga boʻlib sotardilar. Men 4-5 yoshimdan otamning yonida yurib, dastyorlik qilardim. Juda koʻp ogʻir kunlarni koʻrganmiz. Eski-tuskilar sotiladigan rastalar boʻlardi. Ana shu rastalardan kiyilaverib unniqib ketgan kiyim-kechaklarni olib berardilar. Shu kabi kiyimlarni kiyib koʻpincha kasalliklar yuqtirib olardik...
Hatto zamon ancha yaxshilangan 1970-1980-yillarda ham qoʻni-qoʻshnilarimiz, mahalladoshlarimiz orasida hayoti izga tushmagan, yelkasida kambagʻallik yuki bosib turgan insonlar koʻp edi.
Ming shukur, mustaqillik tufayli xayotimiz kun sayin fayzga toʻlib bormoqda. Kam taʼminlangan, ehtiyojmandlar, yakka-yolgʻiz kishilar davlat gʻamxoʻrligidan baxramand. Sobiq ittifoq davrida ijtimoiy ximoya degan atamaning oʻzi yooʻq edi. Mustaqil davlatimizda inson omiliga qaratilayotgan bu kabi gʻamxoʻrliklardan minnatdorlik tuygʻulari uygʻonadi dilmizda. Mustaqilligimizga, taraqqiyotimizga koʻz tegmasin.
Yoʻldoshboy Boltoboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶