KPEDIT MABLAGʻLAPI QIShLOQ XOʻJALIGINI PIVOJLANTIPIShGA QARATILADI
Qishloq xoʻjaligi sohasi iqtisodni yuksaltirishda muhim oʻrin tutadi. Ayniqsa, tumanimiz hayoti asosan qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishdan tashqari, boshqa yoʻnalishlarni ham kengaytirish orqali tumanda qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Mazkur yilda shu maqsadda “Osiyo taraqqiyoti va tiklanish” banki tomonidan 13025 mln. soʻm kredit mablagʻlari yillik 5,5 foiz miqdorida ajratilishi rejalashtirildi. Mablagʻlar asosan chet eldan naslli qoramollar olib kelish, zamonaviy issiqxona tashkil qilish, baliqni qayta ishlash, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlashga moʻljallangan muzlatkichli omborxonalar tashkil qilish kabi loyihalarga yoʻnaltiriladi.
Tuman qishloq xoʻjaligi sohasida asalarichilikni rivojlantirish boʻyicha “Oʻrta-qalʼa chorvadori” agrofirmasi tomonidan 1200 mln.soʻm boʻlgan, zamonaviy issiqxona tashkil qilish boʻyicha “Mangʻit invest plyus” MChJ tomonidan qiymati 2100 mln soʻm boʻlgan loyihalar amalga oshirilishi moʻljallanmoqda.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶