PPOFILAKTIK TADBIPLAP SAMAPALAPI (+video)
Shu yilning 17-yanvar – chorshanba kuni “Yongʻinlar profilaktikasi kuni”ni tuman ichki ishlar boʻlimi yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi xodimlari samarali oʻtkazishga harakat qildilar. Xususan, 1-sonli maktab oʻquvchilari, oʻqituvchilari orasida yongʻinning oldini olish boʻyicha targʻibot olib borildi. Shuningdek, yongʻin oʻchirish asbob-anjomlari, texnikalar namoyish etilib, mutaxasisslar ulardan qanday foydalanishni tushuntirdilar.
Xuddi shunday tadbir 1-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida ham oʻtkazildi. MTM mehnat jamoasi ichki ishlar boʻlimi yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi xodimlarining yongʻinning oldin olish borasidagi maʼruzalarini qiziqib tingladilar, yongʻin oʻchirish texnikalari namoyishidan ulkan taassurotlar oldilar. Yongʻin hovli-joyimiz, mulklarimiz va eng muhimi hayotimizga xavf solishi mumkin boʻlgan tilsiz ofat ekanligini, uning kelib chiqishining oldini olish hammamizning burchimiz ekanligini sidqidildan his qildilar.
O.Pajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶