12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:00
Siyosat 👁 3,744

Eng uluğ bayramga uluğvor rejalar bilan

Eng uluğ bayramga uluğvor rejalar bilan

Kun sayin eng uluğ, eng aziz bayramimiz — Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 22 yilligi tobora yaqinlaşmoqda. Xalqimiz bu yil ham mamlakatimiz davlat mustaqilligini qölga kiritgan kunni katta tantana, şodu xurramlik bilan keng nişonlaydi. Umummilliy bayramimiz bölgan bu qutluğ sana oldidan şu davr mobaynida bosib ötgan yölimizni, yurtimizda amalga oşirilgan katta bunyodkorlik işlarini sarhisob qilib, oldimizda turgan yangi-yangi marralarni yana bir marta özimizça tasavvur qilib olişga odatlanganmiz.

Mustaqillikning ilk yillari bilan bugungi kunlarimizni soliştirar ekanmiz, yurtimiz, şahar va qişloqlarimiz qiyofasi yildan-yilga oçilib, tobora obod va gözal bölib borayotganiga, barça yutuqlarimizning ijodkori va bunyodkori bölgan xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqaraşi, işga, hayotga munosabati butunlay özgarib, öz kuçi va imkoniyatlariga bölgan işonçi mustahkamlanib borayotganiga guvoh bölamiz.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan uzoqni közlab hayotga tatbiq etilayotgan taraqqiyotning "özbek modeli” ijtimoiy-iqtisodiy ösiş surʼatlarini barqaror taʼminlaş, aholi turmuş darajasini izçil yuksaltiriş imkonini bermoqda. Sanoat salohiyatini oşirişga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilgan qulay taşkiliy-huquqiy şart-şaroit, tadbirkorlarga berilayotgan imtiyoz va preferentsiyalar, qulay investitsiyaviy muhit mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojida muhim omil bölmoqda.

Istiqlol yillarida butun mamlakatimizda bölgani kabi Amudaryo tumani iqtisodiyotida ham barqaror ösiş surʼatlari taʼminlanib, ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar qölga kiritilmoqda. Buning tasdiğini tumanimiz mehnatkaşlari erişayotgan salmoqli natijalar misolida ham köriş mumkin.

Sanoat salohiyatini rivojlantiriş maqsadida 2013-2015-yillarda tumanni kompleks rivojlantiriş Dasturi işlab çiqilib, izçillik bilan amalga oşirilmoqda. Uşbu Dastur doirasida sanoat salohiyatini 2013-2015-yillarda rivojlantiriş investitsiya loyihalari dasturi, mavjud sanoat korxonalarini töliq quvvatda işlatiş, böş turgan bino va inşootlarda işlab çiqarişni taşkil etiş hamda tijorat banklari balansidagi korxonalarning işlab çiqariş hajmlarini oşiriş asosida kam quvvatli, iqtisodiy noçor korxonalarni moliyaviy qöllab quvvatlaş Dasturi, 2012-2016-yillarda xizmat körsatiş sohalarini rivojlantiriş Dasturi hamda qişloq xöjalik mahsulotlari işlab çiqarişni, yaʼni çorvaçilik, parrandaçilik, baliqçilik, asalariçilikni rivojlantiriş Dasturlari işlab çiqildi. Şuningdek, faoliyat yuritayotgan fermer xöjaliklarini köp tormoqli xöjaliklarga aylantiriş borasida qator amaliy işlar qilinmoqda.

Şu kabi keng kölamli işlar natijasida «Asia silk» Vetnam şöʼba korxonasi, yiliga 9600 juft poyabzal va oyiga 200 dona kostyum-şim, yiliga 335 tonna kolbasa mahsulotlari, mebel va xöjalik qoğozi işlab çiqaruvçi korxonalar, loyiha qiymati 158,0 mln sömlik sutni qayta işlaş kompleksi, Xitoy texnologiyasi asosida yiliga 25 mln dona ğişt işlab çiqarişga möljallangan, loyiha qiymati 1 mlrd 200 mln sömga teng bölgan «Qoraqalpoqqişloqqurilişservis» korxonasi, zamonaviy sovutgiçli «sendviç» panelli meva-sabzavot saqlaydigan omborxonalar işlab turibdi.

Şuningdek, Angliyaning «Welroy Technology LLP» kompaniyasi bilan birgalikda qiymati 29 mln AQŞ dollariga teng bölgan «Amudaryotex» xorijiy korxonasi, Özbekiston-Xitoy-Rossiya hamkorligidagi «Zhas metall production» xorijiy qöşma korxonasining metallni eritiş va qayta işlaş tsexi qurilişi işlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

Umuman, 2013-2015-yillarda tumanning sanoat salohiyatini rivojlantiriş Dasturiga asosan jami qiymati 32 mln 672,8 ming AQŞ dollari ekvivalentidagi 20 ta loyihalar amalga oşirilişi va 478 ta yangi iş örinlari taşkil qilinişi belgilab olingan va bu loyihalar işlab çiqarişga joriy qilinmoqda.

Faxr bilan aytiş mumkinki, tumanimizda 2000 dan ziyod tadbirkorlik subʼektlari faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda tumanda faoliyat yuritayotgan korxonalarning 99,8 foizi xususiy va masʼuliyati çeklangan jamiyat şakliga ötgan bölib, ularda jami iş bilan band aholining 89,1 foizi mehnat qilmoqda.

Tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça birgina 2013-yilda 380 ta loyihani amalga oşiriş rejalaştirilmoqda va bu böyiça işlar davom ettirilmoqda.

Bugungi kunda tadbirkorlikka nafaqat iqtisodiyotni rivojlantiriş, balki aholi bandligini taʼminlaş böyiça ham hal qiluvçi kuç sifatida eʼtibor qaratilmoqda. Rejalaştirilgan loyihalarni amalga oşiriş natijasida aholining bandlik darajasi tobora oşib bormoqda. Jumladan, tumanimizda joriy 2013-yilda 5231 ta yangi iş örinlari yaratilişi belgilangan bölib, 6 oy davomida rejadagi 2616 ta örniga 2651 ta yangi iş örinlari yaratildi va yarim yillik reja 101,3 foizga bajarildi.

Tadbirkorlik xususida gapirganda, istiqlol sababli yurtimizda yangidan yölga qöyilgan fermerlik harakati albatta tilga olinadi. Muhtaram Yurtboşimiz Jizzax va Sirdaryo viloyatlariga taşrifi çoğida şunday degan edi: «Hammamizga maʼlumki, sovet tuzumi davrida xususiy mulk bölmagan. Biz sobiq sovet tuzumining asoratlaridan fermerlarga yer ajratib, ularda mulkdorlik hissini şakllantiriş orqali xalos böla boşladik. Bugun fermerlar - mamlakatimizning ustuniga aylandi. Ustun esa tayanç demakdir. Lekin faqat dehqonçilik va çorvaçilik bilan farovonlikka erişib bölmaydi. Fermerlarning huquq va vakolatlarini kengaytiriş, köp tarmoqli fermer xöjaliklarini rivojlantiriş lozim».

Bu borada qilingan amaliy işlar natijasida tumanimizda faoliyat yuritayotgan 278 ta fermer xöjaliklaridan 197 tasida işlab çiqariş, xizmat körsatiş va servis, qayta işlaş yönalişidagi qöşimça tarmoqlar yölga qöyilib, fermer xöjaliklarining daromadi va ularda iş bilan band aholi soni ortib borayotgani quvonarli hol, albatta.

Fermerlarimizning fidoyiliklari tufayli tumanimizda iqtisodiyotning yetakçi tarmoği bölmiş qişloq xöjaligi sohasida katta natijalarga erişilmoqda. Bu yil ham tumanimiz pillakorlari 243,5 tonna pilla yetiştirib, yilning dastlabki şartnomaviy rejasini ortiği bilan bajardi. Ğallakorlarimiz esa 2800 gektar maydonga ekilgan ğallaning har bir gektaridan örtaça 37-38 tsentnerdan hosil olib, 10 ming tonnadan ortiq buğdoy yetiştirdi, şundan 4605 tonnasini şartnoma asosida qabul maskanlariga topşirdi.

Bu yil bahor ob-havosining noqulay kelganiga qaramasdan, paxtakorlarimiz köp yillik tajribalari, bilimi, mutaxassislar maslahati va fidoyiligi bilan dalalardan tekis nihol olişga erişdilar. Bu yili fermerlarimiz 16050 gektar paxta maydonlaridan barakali hosil olib, davlatga 33050 tonna paxta sotiş böyiça kontraktatsiya şartnomalarini tuzgan bölib, ayni kunlarda yiğim-terim mavsumiga tayyorgarlik işlari qizğin davom ettirilmoqda.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining barça sohalarida amalga oşirilayotgan çuqur islohotlar bugun öz samarasini berib, bu yutuqlarni dunyo jamoatçiligi eʼtirof etayotgan bir paytda, muhtaram Prezidentimiz tomonidan istiqlolning ilk kunlaridayoq ilgari surilgan «Islohot islohot uçun emas, inson uçun, uning farovon hayoti uçun» degan oliy tamoyilning xalqimiz hayotida böy körsatayotganiga guvoh bölmoqdamiz.

Haqiqatan ham, yurtimizda qaysi soha isloh qilinib, qanday yangilikka qöl urilmasin, uning asosida inson manfaati degan oliy qadriyat turadi. Inson omiliga berilayotgan bunday katta eʼtibor natijasida xalqimizning turmuş darajasi kun sayin yuksalib, farovonligi ortib bormoqda.

Prezidentimizning qişloq joylarida namunaviy loyihalar böyiça uy-joy qurilişi kölamini kengaytirişga oid qarori asosida har yili minglab oilalar namunaviy joylarda yangiça hayot boşlamoqda. Bu yil tumanimizda ham 70 ta ana şunday uy-joylar qurilmoqda.

Ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxşilaş maqsadida «Urganç şahri - Manğit şahri - Turkmaniston Respublikasi çegarasi» davlat ahamiyatidagi avtomobil yölining 75,5 - 79,0 kilometroraliğida smeta bahosi 4,27 mlrd söm bölgan 3,5 kilometr yölni rekonstruktsiya qiliş, jami 4,5 mlrd sömga yaqin mablağ evaziga Manğit şahri va qişloqlarda suv tarmoqlarini quriş işlari davom etmoqda.

Yurtimizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq yoş avlod tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri qilib belgilandi. 2012-2013 öquv yilida tumanimizdagi mavjud 75 ta umumtaʼlim maktablarining 9-sinfini tamomlagan 3203 nafar yigit-qizlar taʼlimning keyingi bosqiçiga - akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga yöl oldilar. Tumanimizdagi 1 ta akademik litsey va 7 ta kasb-hunar kollejlari bitiruvçilarini esa iş bilan taʼminlaşning barça çoralari körilmoqda.

Bundan taşqari, 2013-yilda tumanimizning Xitoy ovulida loyiha qiymati 2,9 milliard söm bölgan, 360 öquvçi öringa möljallangan Amudaryo transport kasb-hunar kolleji, Qipçoq ovulida 150 öquvçi öringa möljallangan musiqa maktabi, Manğit şahrida Bolalar va ösmirlar sport maktabi qurilmoqda. «Barkamol avlod» bolalar markazi, şuningdek bir qator umumtaʼlim maktablarida rekonstruktsiya va kapital taʼmirlaş işlari bajarilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz tibbiyot tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar zamirida farovon kelajakni taʼminlaşdek ezgu maqsad mujassam. Ötgan 2012-yilda birgina tuman markaziy köptarmoqli poliklinikasi va markaziy şifoxona bölimlari binolarini kapital taʼmirlaş uçun davlat byudjetidan jami 3 milliard sömdan ortiq mablağ ajratilgani, joriy yilda «Kuyuk köpir» va Z.M.Bobur nomli ovullarda har biri 50 qatnovga möljallangan qişloq vraçlik punktlari qurilayotgani aholi salomatligini yanada yaxşilaş borasidagi xayrli işlarning davomi böldi.

Mamlakatimizda joriy 2013-yilga «Obod turmuş yili» deb nom berildi. Buning negizida, avvalambor, har bir odam, har bir oila, qolaversa, butun xalqimiz hayotiga daxldor vazifalarni amalga oşiriş, taraqqiyotimizni jadallaştiriş, hayotimizni yanada farovon qiliş kabi ezgu maqsadlar közda tutilgan. Bizning yurtimizda inson aziz, inson möʼtabar. Şuning uçun inson manfaati, huquq va erkinliklarini taʼminlaşdek eng ustuvor vazifa «Obod turmuş yili» Davlat dasturida ham öz ifodasini topgan. Şu Dastur asosida qabul qilingan tuman Dasturida jami 50 milliard sömlikdan ortiq mablağ evaziga keng kölamli işlarni amalga oşiriş rejalaştirilgan va bugungi kunda bu böyiça işlar davom ettirilmoqda.

Prezidentimiz taʼkidlaganidek, obodlik - köngildan boşlanadi. Şu maʼnoda, bugun yurtni obod etiş iştiyoqi köngillar, xonadonlar, qişloq va ovullar, şahardan boşlanib, butun mamlakatimiz miqyosida keng quloç yozmoqda. Bugun qaysi xonadonga kirmang, qaysi ovul yoki şaharda bölmang, har bir fuqaroning avvalo özi yaşayotgan, mehnat qilayotgan hududni, qolaversa öz mahallasini, şahar va qişloğini obod maskanga aylantirişga hissa qöşayotganiga guvoh bölasiz. Muhtaram Prezidentimizning şu yil 12-iyundagi «Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida»gi Qarori qabul qilingaç, bu işlar yanada qizğin tus oldi.

Şu kunlarda har bir yurtdoşimiz singari amudaryoliklar ham «Qadr-qimmatim, tayançim va iftixorimsan, mustaqil Özbekiston!» degan şiorni asosiy ğoya sifatida özida mujassam etgan holda ötkaziladigan mustaqilligimizning 22 yillik bayramini munosib kutib oliş, qadr-qimmatimiz, tayançimiz va iftixorimiz bölgan mustaqil Vatanimizning rivojiga hissa qöşişdek ulkan maqsadlarni közlab, fidoyilik bilan mehnat qilmoqdalar.

Butun mamlakatimiz böylab istiqlol şukuhi kezib yurgan şunday fayzli kunlarda yurtdoşlarimizni eng uluğ, eng aziz bayramimiz – Vatanimiz Mustaqilligining 22 yilligi bilan çin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo, bunyodkor xalqimiz omon, turmuşimiz bundan ham obod bölsin!

Rajabboy Yöldoşev,

tuman hokimi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026