DEPUTAT BILAN OChIQ MULOQOT
Oʻzbekiston Milliy Tiklanish Demokratik partiyasi tuman kengashi tomonidan deputatlarning xalq bilan uchrashuvlari tashkillashtirilib, aholini qiynab kelayotgan muammolar oʻrganib kelinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Joldasbay Abdijamilovning tuman aholisi bilan “Uyma-uy”, “Deputat bilan yuzma-yuz” loyihalari doirasida oʻtkazilgan ochiq muloqtida ham tuman hayotiga doir masallar murojaatlar asosida atroflicha oʻrganib chiqildi.
Deputat J.Abdijamilovning bu galgi uchrashuvlari tumandagi taʼlim muassasalarida oʻqituvchi va oʻquvchilar ishtirokida oʻtkazildi. Tumandagi 40-maktabda oʻtkazilgan uchrashuvda deputat yoshlarning kelajakdagi orzu-niyatlari, mavjud muammolar boʻyicha suhbatlashdi. Uchrashuv 11-sonli umumtaʼlim maktabida davom ettirilib, taʼlim muassasasida oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Deputat maktab binosida joylashgan tuman Axborot-resurs markazida boʻlib, bu yerdagi muammolar bilan qiziqdi. Tashrif 2-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida ham oʻtkazilib, muassasadagi ahvol bilan tanishildi.
Uchrashuv uyushmagan yoshlar oʻrtasida ham boʻlib oʻtdi. Aholi tomonidan berilgan takliflar inobatga olinib, oʻrganilgan barcha murojaatlar deputat nazoratiga olindi.
G.Eshimbetova, OʻzMTDP tuman Kengashi yetakchi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶