Ijodkor-yoshlar bilan uchrashuv
Shu yilning 25-yanvar kuni Amir Temur nomli ovulning ijodkor yoshlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ovul yoshlarining maʼnaviyatini yuksaltirishga koʻmaklashish maqsadida “Taraqqiyot koʻzgusi” va uning ilova nashri “Mening oilam” gazetalari, Amudaryo televideniyesi, “Jayxun sadosi” internet radiosi tahririyati ijodkorlari bilan ovuldagi 4-sonli umumtaʼlim maktabida uchrashuv oʻtkazildi.
“Biz – maʼnaviyat targʻibotchilarimiz!” deb nomlangan ushbu ijodiy uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri Robiya Yoʻldosheva, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi oʻrinbosari, jurnalist Ozoda Xudoyberganova, taniqli fotomuxbir Mahmudjon Shomurodov, Amudaryo televideniyesi operatori Ravshanbek Anorov ishtirok etdilar va oʻquvchi-yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.
Uchrashuvda oʻquvchi-yoshlardan Muhtaram Yusupova, Sevara Qoʻshmonova, Umida Toʻliboyeva, Durdona Gulmurodova, Rahima Oʻrinboyeva va boshqalar soʻzga chiqishib, oʻzlari qiziqqan adabiy janrlar - ayniqsa, sheʼriyat va gazeta janrlari boʻyicha qilayotgan ijodiy ishlari haqida soʻz yuritdilar.
Shu kuni maktab oʻquvchi-yoshlarining qiziqishlari, xohish-istaklariga koʻra, maktabda “Yosh muxbirlar” posti tuzildi. Maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Sarvar Sherimbetov rahbarligida tashkil etilgan “Yosh muxbirlar” postiga shu kunnig oʻzida 12 nafar qiziquvchi yoshlar aʼzo boʻldilar.
Dildora Xudoyberganova shu maktab oʻqituvchisi,
“Yosh muxbirlar posti” aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶