Obod turmuş yili yangiliklari
Baynalmilal töy
Şu yilning 26-avgust kuni "Çoyköl” OFYning 2 mahallasida yaşovçi qozoq millatiga mansub Qurolboy Qurbonboyevning oilasida bölib ötgan kenja öğil Sardorbek va özbek qizi Rohatjonlarning nikoh töylari bir-birlari bilan ahil-inoq qozoq, qoraqalpoq va özbek millatlarining şodiyonasiga aylanib ketdi. Dömbira çalib aytilgan hazil-mutoyibaga boy qozoqça, baxşiyona usuldagi özbekça va qoraqalpoqça kelin salomlari barçani xuşnud etdi. Ayniqsa, Sardorbekning çeçasi – Özbekiston hamda Qoraqalpoğiston xalq artisti Gulnarmin Sirimbetova qaynisiga tabrik sifatida kuylagan qozoq, özbek, qoraqalpoq xalq qöşiqlari töyxona mehmonlarining qalblarini tölqinlantirib yubordi.
Mahallada bayram
Manğit şahrining Durunki mahallasida mamlakatimiz Mustaqilligining 22 yilligi munosabati bilan "Qadr-qimmatim, tayançim va iftixorimsan, mustaqil Vatan!” şiori ostida ötkazilgan tadbirda mahallada istiqomat qiluvçi barça millat vakillari iştirok etdilar.
- Özaro ahil-inoq yaşayotgan mahallamiz ahli qozoqça, rusça, qoraqalpoqça va özbekça kuylarga raqs tuşib, xursandçilik qilişdi, - deydi diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçi Gavhar Mingboyeva.
Yiğim-terimga taraddud
Joriy yilda 115 gektar yerga çigit ekkan «Yusufxöja» fermer xöjaligi dehqonlari ayni kunlarda paxta yiğim-terimiga tayyorgarlik işlarini boşlab yuborişdi. Xöjalik ijaraçi-dehqonlari Dilorom Rahimova va Raʼno Ramatovlar özlarining qarmoğidagi paxta dalalarida ğöza çekankasini muvaffaqiyatli tamomlab, ğöza qator oralarini begona ötlardan tozalaş işlarini oxiriga yetkazdilar.
1-sinf öquvçilari uçun
Yangi 2013-2014 öquv yilida tumanimiz maktablarining 1-sinfida 3400 nafardan ziyod bola ilk saboq olişni boşlaydilar. Ayni kunda tuman XTMFMTTEBga qaraşli barça boşlanğiç va umumtaʼlim maktablarda 148 ta sinf xonasi 1-sinf öquvçilarini qabul qilişga şay qilib qöyildi. 1-sinflarga qabul qilingan bolalarga bepul darsliklar, papkalar tarqatildi.
Innovatsion texnologiyalar-taʼlimga
Tumanimiz maktablarida 174 nafar çet tillari fan öqituvçilari bölib, ularning barçasi yangi öquv yilini muvaffaqiyatli boşlaş maqsadida çet tili fan xonalarini yangi innovatsion texnologiyalar bilan jihozladilar. 149 nafar çet tillari fan öqituvçilari esa K.Ubaydullayev nomidagi Respublika pedagog xodimlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş institutida tahsil olib, malaka oşirib qaytişdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶