BIR BOLAGA YeTTI MAHALLA OTA-ONA
31-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan ochiq muloqot tarzidagi tadbir shunday nomlandi. Maktab-oila-mahalla hamkorlik tizimi asosida har chorak yakuni boʻyicha maktab va sinf rahbarlari, mahalla masʼullari hamda ota-onalar ishtirokida ochiq muloqot va davra suhbati shaklidagi yigʻilish va uchrashuvlar muntazam ravishda oʻtkazib turiladi. Shu yilning 17-yanvar kuni boʻlib oʻtgan ana shunday tadbirlardan biri “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” deb nomlandi. Tadbirda maktab direktori Nilufar Davletova oʻquvchilarning ota-onalariga maktabda oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ayniqsa oʻquvchilarning oʻz qobiliyatlarini rivojlantirishlariga xizmat qiluvchi 22 ta turli xil yoʻnalishlardagi toʻgaraklar xususida batafsil maʼlumot berdi.
Mazkur tadbirda maktab direktorining oʻquv-tarbiyaviy ishlari boʻyicha oʻrinbosari O.Shomurodov, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari D.Oʻrzaliyevalarning hisobotlari ham tinglandi.
Hisobot-maʼruzalaridan soʻng oʻquvchilarning ota-onalari va maktab psixologi S.Karimova oʻquv yilining 3-choragida oʻquvchilarning fanlarni yanada yaxshi oʻzlashtirishlari, “Bilimlar bellashuvi” va “Fanlar olimpiadasi”ning tuman bosqichiga yoʻllanma olgan qobiliyatli oʻquvchilarning bilimlarini mustahkamlash yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Mahalla faollari, ota-onalar hamda maktab oʻqituvchilari ishtirokida boʻlib oʻtgan ochiq muloqot shaklidagi “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” mavzusidagi tadbir maktabda oʻquv-tarbiya ishlarini yanada yaxshilash imkonini beradi, albatta.
M.Yusupov, N.Sobirova, 31-sonli maktab oʻqituvchilari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶