Birinchi Prezidentimiz xotirasiga ehson tadbiri oʻtkazildi
30-yanvar kuni Mangʻit shahridagi “Afruza” kafesida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan ehson tadbiri oʻtkazildi.
Unda tuman hokimi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari, deputatlar, fuqarolar yigʻinlari raislari, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda mehnat faxriysi Tursunboy Abdullayev soʻzga chiqib, Islom Karimovning qatʼiyati va jasorati bilan Oʻzbekiston mustaqillikka erishgani va oʻz taraqqiyot yoʻlida ulkan muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritganini taʼkidladi. Xalqimizning cheksiz muhabbatini qozongan Islom Karimov qalblarimizda abadiy qolishi va kelajak avlodlar xotirasida tinchlik, barqarorlik, farovonlik va taraqqiyot rahnamosi sifatida mangu yashashi xususida fikrlar bildirildi. Islom Karimov boshlab bergan bunyodkorlik va taraqqiyot yoʻli izchil davom ettirilayotgan taʼkidlandi.
Dasturxon yozilib, ehson oshi tortildi. Qurʼon tilovat qilinib, Birinchi Prezidentimizning oxirati obod, yurtimizda tinchlik va barqarorlik abadiy boʻlishini soʻrab duo qilindi.

Gʻ.Yeshniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶