Jamiyat
👁 1,001
“PREZIDENT ASARLARI BILIMDONI” MAVZUSIDA INShOLAR TANLOVI OʻTKAZILDI
Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligi oldidan Mangʻit iqtisodiyot kolleji oʻquvchilari oʻrtasida “Prezident asarlari bilimdoni” mavzusidagi insholar tanlovi oʻtkazildi. Ushbu tanlovda ishtirok etgan oʻquvchilar oʻz insholarida birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak maʼnaviyat yengilmas kuch” va “Oʻzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” deb nomlangan asarlariga keng toʻxtaldilar.
Tanlov yakuniga koʻra Prezident asarlari bilimdoni deb topilgan 3-16-buxgalteriya guruhi oʻquvchisi Umida Mavlanberganovaga birinchi, 1-16-moliya guruhi oʻquvchisi Kumushoy Dushenovaga ikkinchi va 2-16- moliya guruhi oʻquvchisi Dinora Jumaboyevaga uchinchi oʻrin berildi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶