Innovatsion gʻoyalar tanlovi oʻtkazildi

Mamlakatimizda tadbirkorlikni faollashtirishga va uni rivojlantirishda innovatsion gʻoyalar, texnologiyalardan foydalanishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Yaqinda qabul qilingan mazkur yilda amalga oshiriladigan ishlarga oid Davlat dasturiga ham tadbirkorlikni rivojlantirish va ularga keng imkoniyatlar yaratilishi borasidagi islohotlar kiritilgan.
Kasb-hunar kollejlarida taʼlim olayotgan oʻquvchilarda ham tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish, soha boʻyicha iqtidorlarini namoyon etishlariga imkoniyat yaratish maqsadida kollejlarda “Eng yaxshi innovatsion gʻoya” tanlovi oʻtkazila boshladi.
Amudaryo qishloq xoʻjaligi kasb hunar kollejida taʼlim olayotgan yuqori bosqich guruhlari oʻquvchilari oʻrtasida ushbu tanlov birinchi bosqichi oʻtkazildi. Oʻquvchilar tanlovning nizomiga koʻra, “Gʻoyalar varagʻi”, “Paqobatchilar sharhi” va “Pul muhimdir” shartlari boʻyicha jamoaviy tarzda tadbirkorlik boʻyicha oʻzlari tayyorlagan gʻoyalarini taqdimot qildilar.
Jamoalar parrandachilikda kurka va oʻrdakdan chatishgan parranda turini koʻpaytirish, tikuvchilik boʻyicha uygʻunlashgan dizayndagi liboslar yaratishni yoʻlga qoʻyish hamda ayollar goʻzallik salonlariga maishiy xizmatni yoʻlga qoʻyish kabi gʻoyalari loyihalarini moliyalashtirib, asoslantirib berdilar.
Tanlov yakunida parrandachilikni rivojlantirish boʻyicha gʻoyani loyihalashtirgan jamoa oʻz loyihasini toʻliq asoslantirib bera olganligi uchun gʻolib deb topildi.
Toʻlgʻonoy Eshmurodova,
kollejning maxsus fan oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶