BIRINChI PREZIDENTIMIZ I.KARIMOV XOTIRASIGA BAGʻIShLANDI
Yurtimizda bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor, shuningdek jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari va sport murabbiylari uchun yaratilgan imkoniyatlar soha rivojida oʻz ifodasi topmoqda. Buni tuman bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyati misolida ham koʻrish mumkin.
–Ayniqsa, dzyu-do kurashi guruhida shugʻullanayotgan yosh sportchilarimizning erishayotgan yutuqlari quvonarli, - deydi tuman BOʻSM direktori Chorsham Tojimurodov.
Eʼtiborli jihati shundaki, BOʻSMda mashgʻulotlar koʻrgazmali qurollar asosida olib boriladi, sportchilar oʻz hatti-harakatlarini oʻzlari kuzatish imkoniga ega. Shu bois, oʻquvchi-yoshlar har bir mashqni tez va oson oʻzlashtirib oladilar.
BOʻSMda 2018-yil 3-fevral kuni Agrosanoat tizimi kasaba uyushmalari tuman Kengashi bilan hamkorlikda 8 ta vazn toifasida, dzyu-do kurashi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tavalludining 80 yilligiga bagʻishlangan sport musobaqasida tumanimizda iqtidorli sportchi-yoshlar yetishib chiqayotgani ayon boʻldi.
Sport murabbiylaridan Poʻlat Kumekovning shogirdlaridan uch nafar sportchi – Jasur Hayitboyev, Jahongir Kazakboyev va Davron Yoʻldoshev, Sarvar Davletov murabbiyligida Xursand Sobirov va Ravshan Saparboyev, Muzaffar Abdullayev murabbiylik qilgan Rasul Masharipov, Zulhijja Xudoyorova murabbiyligidagi Rustam Yoʻldoshev hamda Tozaboy Matchonov murabbiyligidagi Diyorbek Yoʻldoshevlar oʻz vazn toifalarida 1-oʻrinni egalladilar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi chempionatiga yoʻllanma oldilar.
Gʻoliblar Agrosanoat tizimi kasaba uyushmalari tuman Kengashi tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
R.YOʻLDOShEVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶