QOʻMONDONLIK – ShTAB OʻQUV MAShQLARI YaKUNLANDI
Tumanimiz hududida 20-22-fevral kunlari oralagʻida fuqaro muhofazasi boʻyicha tuman Qoʻmondonlik-shtabining fuqaro muhofazasi xizmatlari tarkibiga kiruvchi korxona-tashkilot, muassasa va boshqa organlar ishtirokidagi oʻquv-mashqi tadbirlari oʻtkazildi. Tibbiy va texnogen tusdagi favqulotda vaziyatlarda sodir boʻlganida talofatlarning oldini olish hamda fuqaro muhofazasi xizmatlari va aholini harakatlanishga tayyorlash maqsadida oʻtkazilgan maxsus taktik-oʻquv mashqlari tadbirlari turli obʼektlarda tashkillashtirildi.
Qoʻmondonlik-shtabi oʻquv mashqi dastlab “Yigʻin” signali boʻyicha barcha fuqaro muhofazasi xizmatlarini toʻplash bilan boshlandi. Shundan soʻng, texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganida jabrlangan aholiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish mashgʻulotlari hamda Amudaryo akademik litseyida “Fuqaro muhofazasi kuni” tadbiri oʻtkazildi. Tuman IIB, tibbiyot birlshmasi, DSENM, Veterinariya boʻlimi xodimlari hamda obodonlashtirish boshqarmasi brigadasi ishtirokida “Odamlar va hayvonlar oʻrtasida quturish kasalligi tarqalishining oldini olishda FVDqT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida koʻrgazmali maxsus taktik oʻquv mashqi boʻlib oʻtdi.
“Tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar vaziyatlar sodir boʻlganida obʼekt rahbarlar tarkibi va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining tuman FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlari” mavzusidagi maxsus taktik oʻquv mashqlari esa Qipchoq panton koʻprigida, “Taxiatash neftbazasi” MChJ Qaratov fililali, “Amudaryotex” XK, tuman suv taʼminoti, gaz taʼminoti va elektr taʼminoti idoralari kabi obʼektlarda tashkillashtirildi.
Shuningdek, tuman pochta va aloqa tarmogʻida “Shubhali paket aniqlanganda obʼekt rahbarlari tarkibi va fuqaro muhofazasi tuzilamalarining tuman FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida ham maxsus-taktik oʻquv mashqlari oʻtkazilib, unda tuman Ichki ishlar boʻlimi, Yongʻin xavfsizligi boʻlimi, Tibbiyot birlashmasi, Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi xodimlari ishtirok etdilar.
Qoʻmondonlik-shatbi oʻquv mashqlariga Oʻrta qalʼa ovulida tashkil etilgan qutqaruvchilar guruhi jalb etildi. Ular shartli zilzila oqibatida hududda sodir boʻlgan turli darajadagi vayronaliklar ostida qolib jabrlangan aholini qidirib topish va qutqarish ishlarini amalga oshirish hamda aholini yuzaga kelgan tabiiy xususiyatli boshqa favqulodda vaziyatlardan xabardor etish, jabrlangan aholi hayotini muhofaza iilish maqsadida xavfsiz hududlarga tezkorlik bilan koʻchirish boʻyicha mashgʻulotlarda qatnashdilar.
Tuman hokimligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda oʻquv mashqlarida faol ishtirok etgan ishtirokchilar “Faxriy yorliq” va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Ozoda XUDOYBERGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶