12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 19:43
Sport 👁 4,096

MANĞITNING YoRQIN SPORT YuLDUZI

MANĞITNING YoRQIN SPORT YuLDUZI

Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirişga eʼtibor tobora kuçaytirilayotgani bois, bugungi kunda yoşlar orasidan nufuzli bellaşuvlarning, xalqaro musobaqalarning köplab ğoliblari yetişib çiqmoqda. Eʼtibor va rağbat ularning qobiliyatlarini yanada rivojlantirişga va öz ustlarida tinimsiz şuğullanişga undamoqda.

Sportdagi yutuqning asosi mehnat, deyişadi soha mutaxassislari. Barça jabhalarda ham mehnatsiz muvaffaqiyatga erişib bölmaydi. Lekin sportning biror turiga qiziqqan öğil-qizning mahorati albatta, maşqlar davomida sayqallanişini hammamiz bilamiz.

Elyor Maşaripov taniqli polvon Çorşam Tajimurodov rahbarligidagi 1-sonli Bolalar va ösmirlar sport maktabining dzyudo kuraşi tögaragiga kelib, ilk maşqlarini ötagan davrlarida hali maktabning boşlanğiç sinfi öquvçisi edi.

Dastlabki maşqlaridayoq çapdast, uddaburon va kuçliligi körinib turgan bolakay darrov ustoz eʼtiborini tortdi. Çorşam Tajimurodov Elyor bilan erinmay, qunt bilan şuğullandi. Alohida maşqlar ham ötdi. Şogird-ustozning tinimsiz mehnatlari yillar ötib, turli musobaqalarda öz natijalarini körsatdi. Elyor dastlab tuman miqyosidagi, Qoraqalpoğiston respublikasi miqyosidagi musobaqalarda muvaffqiyatli qatnaşgan bölsa, umumtaʼlim maktabini tugatiş arafasida Özbekiston  çempioni böldi. Çirçiqdagi Olimpiya zahiralari sport kollejida tahsil olgan yillari Elyorning kamolot yillari böldi, desak adaşmaymiz. Bu yutuqlari evaziga u ötgan yili Qoraqalpoq Davlat universiteti jismoniy tarbiya fakulteti talabaligiga imtihonsiz qabul qilindi.

Şu yilning iyun oyida Ukrainada bölib ötgan yoşlar örtasidagi dzyudo kuraşi böyiça Yevropa kubogi oçiq çempionatida Elyor Maşaripov öz vazn toifasida bronza medalini yengib oldi. Musobaqada öz vazni böyiça uçinçi örinni zabt etgani Elyorga şu yilning 6-17-iyul kunlari Rossiyaning Qozon şahrida bölib ötadigan XXVII jahon yozgi Universiadasida sportning 14 turi böyiça iştirok etadigan Özbekiston yoşlari safida qatnaşiş imkonini berdi.

Şuningdek, Özbekiston yoşlar va kattalar dzyudo terma jamoalari aʼzosi Elyor şu yil Koreyada böladigan yoşlar jahon çempionatida, Braziliyada böladigan kattalar örtasidagi jahon çempionatida ham qatnaşiş huquqlarini qölga kiritdi.

Elyor Maşaripov 27-iyul - 3-avgust kunlari Çexiyaning Liberek şahrida Yevropa kubogi çempionatida qatnaşib, faxrli birinçi örinni yengib oldi.

Xuşxabarning qanoti bor, deyişadi. Kuragi yerga tegmagan taniqli polvon, köplab milliy, sambo kuraşining taniqli polvonlarini tarbiyalab, voyaga yetkazgan murabbiy, faxriylar örtasida milliy kuraş böyiça jahon çempioni Şomurod Maşaripovning kenjatoy farzandi Elyorning ğalabasi  tumanimizga tezda tarqaldi. Öspirin yigit jahon miqyosida ğolib bölib, uning şarafiga davlatimizning bayroği kötarilib, madhiyasi yangrasa, quvonmay böladimi? Jahon xaritasida kiçkinagina örinni egallab turgan şu möʼjaz yurtimizning dovruğini dunyoga yoygan öğlonning ğalabasi göyo bayram böldi. Elyorni, otasi Şomurod polvonni, onasi Soliya opani qutlab kelganlarning bir neça kun oyoği uzilmadi. Manğit şahrining sölim göşalaridan biri - "Şomurod polvon” töyxonasida bir neça kun haqiqiy töy böldi. Taşrif buyuruvçilarning oldiga Elyorning akasi Doniyor quvona-quvona dasturxon yozdi.

- Elyorning ilk maşqlariyoq uning kelajagiga umid qiliş  mumkinligini körsatib turardi. Esimda, u dastlab sport maktabimizga kelganida 8-9 yoşlarda edi, - deydi ilk ustozi Çorşam Tajimurodov. – Qarasam epçil, çapdast, vaziyatni baholay olişi va şunga monand  harakat qilişidan quvondim va özgaça ixlos bilan şuğullandim. Elyor qatnaşgan musobaqalarga, respublikamizning turli hududlariga doim birga borib, unga dalda bölişga intilardim. Har safargi ğalabasida özimda yöq quvonardim.

Uning ilk ustozi bölganimdan baxtiyorman.

Dunyoda ota-ona borki, bolam, deb yaşaydi. Bekam-u köst voyaga yetkazib, yaxşi öğil-qiz bölib yetişişini orzu qiladi. Şunga intiladi. Orzularining röyobga çiqişi esa ota-onaga tuganmas baxtdir.

Şomurod polvonlar oilasini haqli ravişda sportçilar oilasi, deb aytiş mumkin. Asli sport murabbiysi bölgan Şomurod Maşaripov va turmuş örtoği Soliya opalar farzandlarining maktabda aʼlo öqişi bilan bir qatorda sport bilan şuğullanişlariga ham eʼtibor berişdi. Ota-onaning mehnatlari öz samarasini berdi: katta öğil Doniyor sambo kuraşi bilan şuğullanib, köpgina yutuqlarga erişdi. Respublika miqyosidagi musobaqalarda iştirok etib, sovrindor böldi. Keyinçalik soğligi töğri kelmaganligi uçun tadbirkorlik yölini tutdi. Manğitda muhtaşam töyxona qurib, işga tuşirdi va yurtdoşlarimizning xizmatini qilayapti. Qizlari Muborak jismoniy tarbiya fani öqituvçisi, Ozoda tarbiyaçi, basketbol böyiça tuman terma jamoasi faol aʼzosi, Nilufar matematika fani öqituvçisi bölsa-da, tumanimiz voleybolçi qizlari safida, Muyassar talabaligida ikki marta student yoşlarning eng ulkan bellaşuv maydoni - universiada musobaqalarida voleybolçilar safida iştirok etib, jamoasi ğalabalariga munosib uluş qöşgan bölsa, Guloyim tennisçi - 1-BÖSMda yoş öğil-qizlarga sportning mazkur turi böyiça murabbiylik qiladi. Gulşod Manğit iqtisodiyot kasb-hunar kollejida kimyo fanidan dars beradi, uning ham sport doim hamrohi. Oilaning kenjatoyi Elyor esa bugun butun dunyoga polvon bölib tanildi.

- Butun hayotimni tumanimizning sportini rivojlantirişga bağişladim. Sport ustaligiga nomzodlar, Özbekiston çempionlarini tarbiyalab, yetiştirdim. Dunyoning menman, degan polvonlari bilan bel olişib, ğolib böldim. Faxriylar örtasida jahon çempioni böldim. Lekin hayotimdagi eng ulkan yutuğim – öğlimning ana şunday polvon bölib yetişgani böldi.

Farzandlarimning hammasi sportçi, maqtaydigan muvaffaqiyatlari köp. Biroq 20 yoşda bunçalik yutuq kamdan-kam odamga nasib qiladigan baxt. Iloyo, öğlim doim Özbekistonimizning sport şarafini yuqori kötaraversin, - deydi Elyorning otasi Şomurod Maşaripov.

- Öğlingiz davrada kuraş tuşayotgan damlarida könglingizdan nimalar keçadi? – qiziqib söradim Elyorning onasi Soliya opadan.

- Şu kenjatoyim çet elga ketsa, ilojim yöq, özimizda yurganida u qayerda bölsa, men ham şu yerdaman. Vaqtida ovqatlanib, dam olib, maşq qilişiga ğamxörlik qilaman. Musobaqalarda davraga tuşiş oldidan bağrimga bosib, yaxşi tilaklar aytaman. Sizga yolğon tuyular, özimga çin, Elyor davradaligida jonim qil ustida turadi, göyo. Iloyim, biron joyi lat yemasin, deb qayğuraman (kuraş-kuraşda axir), xudodan bolamga kuç-quvvat sörayman. Ming qatla şukur, yuzimizni yerga qaratayotgani yöq.

Soliya opa közlaridan sevinç yoşlari sizib çiqqanini ham  sezmay, öğli haqida tölqinlanib gapiradi. Quvonçining çegarasi yöq.

Elyor Maşaripov bilan suhbatimiz ham Çexiyada bölib ötgan dzyudo böyiça Yevropa çempionati haqida böldi.

- Elyor, avvalo Yevropa çempioni bölganligingiz bilan tabriklayman, - yuzlanaman polvonga.

- Rahmat!

- Ayting-çi, Liberekka borib, öz vazn toifangizda Yevropa miqyosida eng baland şohsupani zabt etdingiz. Sizning şarafingizga madhiyamiz yangrab, bayroğimiz yuqori kötarilgan damlarda könglingizdan nimalar keçdi?

- Bilasizmi, London olimpiadasi ğoliblarini taqdirlaş marosimida Yurtboşimiz mamlakatimizda sportga berilayotgan eʼtibor, şart-şaroitlar, ğamxörliklar hali köp yutuqlarga zamin böladi, - degandilar. Mening yutuğim ham har bir bolasiga şunçalar ğamxörlik qilib, voyaga yetkazayotgan mamlakatim tufayli, Yurtboşimizning eʼtibori tufayli desam, mubolağa bölmas. Liberekdagi ğalabamga kelsak, buni söz bilan taʼriflay olmayman. Şu lahzalarda şohsupada özim emas, özim tuğilib ösgan, dzyudoning ilk maşqlarini olganim - Manğit, ota-onam, özim öqiyotgan oliygohim, butun Özbekiston turganday böldi. Bir farzand sifatida yurtimga yoruğ yuz bilan qaytdim.

Umuman joriy yilning yozi Elyor uçun muvaffaqiyatlar pallasi böldi. Uning Yevropa kubogida erişgan yutuği nafaqat tumanimiz, balki mamlakatimiz sport tarixiga zarhal harflar bilan bitilib qoldi: Elyor Maşaripov – Yevropa çempioni böldi! Musobaqaning oltin medalini halol yengib oldi!

Istiqlol yillarida mamlakatimizda ösib kelayotgan yoş avlod kamoloti yölidagi saʼy-harakatlarning bir mevasi - 20 yoşli manğitlik polvon ğalabasidan barçamiz birdek quvonib:

"Iloyo kuraging heç qaçon yerga tegmasin”, deb qolamiz.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026