ISTIQLOL QUYoŞING PORLASIN, ELIM!
Mamlakatimizda istiqlol tongi otganiga mana bu yil roppa-rosa yigirma ikki yil tölmoqda. Bu nurli tong yoğdusidan butun mamlakatimiz nurafşon böldi. Qalblarimiz istiqlol quyoşi nurlari bilan munavvar bölib, erkinlik, ozodlik va hurriyat kabi asriy orzularimiz röyobga çiqdi. Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatining poydevori qöyilib, yangi rivojlaniş, taraqqiyot va gullab-yaşnaş davri boşlandi. Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov taşabbusi va bevosita rahbarligida taraqqiyot yölining beşta tamoyili asosida "Özbek modeli” – Özbekiston taraqqiyoti strategiyasi işlab çiqilib, izçillik bilan hayotga tatbiq etilişi va mamlakatimizning barça sohalari hamda jabhalarida tub islohotlar ötkazilib, jamiyatimiz qiyofasi tubdan yangilandi. Nihoyatda kölamdor va benihoya keng miqyosda ötkazilayotgan çuqur islohotlar ayni davrda özining yuksak samaralarini berib, mamlakatimiz keng va ravon rivojlaniş hamda barqarorlik yöliga tuşdi hamda jahon hamjamiyatida özining munosib örniga ega böldi.
Darhaqiqat, mustaqil mamlakatimiz bosib ötgan yigirma ikki yillik tarixiy rivojlaniş davri-istiqlolimiz solnomasiga zarhal harflar bilan bitilgan barça tarmoq va sohalardagi mislsiz muvaffaqiyatlar va yutuqlar davri böldi. Endilikda mamlakatimiz iqtisodiyoti yildan yilga yuksalib, şaharlarimiz va qişloqlarimiz qiyofasi yangi çiroy, yangi körk bilan yuz oçib yanada gözallaşdi, tanib bölmas darajada boşdan oyoq özgardi, yangilandi. Bunday çiroyli özgarişlar va yangilanişlarni tumanimiz misoli va qiyofasida ham yaqqol körişimiz mumkin. Qişloqlarimizda şu kungaça 227 ta yangi namunaviy loyihadagi uy-joylar qad rostladi. Yangi maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va şifo maskanlari, yangi işlab çiqariş korxonalari, maʼmuriy, madaniy-maişiy va servis xizmati binolari, yangi buyum bozori qurilib işga tuşirildi. Bunga minglab yakka tartibda qurilgan va qurilayotgan yangi uy-joylarniyam qöşsak, tumanimiz keng kölamdagi quriliş - bunyodkorlik maydoniga aylanganini köramiz.
Şu maʼnoda istiqlol nafaqat erkinlik va hurriyat, rivojlaniş va yuksaliş, balki, bunyodkorlik va yangilaniş ham demakdir. Bizlarning har birimiz, qariyoş barçamiz mana şu mislsiz kölamdor bunyodkorlik maydonida özlarimizning jöşqin kuç-ğayratimizni, ijodkorlik va yaratuvçilik salohiyatimizni sarflab, yangi jamiyat qurilişida faol qatnaşmoqdamiz. Bunday faollik va yaratuvçilik bizning barçamizga çeksiz baxtiyorlik va iftixor tuyğularini baxş etadi. Mana şunday jöşqin baxtiyorlik va iftixor tuyğulari "Qadr-qimmatim, tayançim va iftixorimsan, mustaqil Özbekiston!” şiori ostida ötkazilgan tumanimiz ahlining istiqlol bayramida yaqqol namoyon böldi. Joriy 2013-yil 29-avgust kuni Manğit şahridagi 3-sonli BÖSM sport maydonida ötkazilgan istiqlol bayramiga ertalabdanoq minglab odamlar taşrif buyurişdi. Ularning köpçiligi yoşlardan iborat böldi.

Tumanimiz yoş sanʼatkorlari va madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan teatrlaştirilgan kontsert dasturida jaranglayotgan Vatanni, istiqlol va tinçlik hamda porloq istiqbolimiz, baxtu saodatimizni şaraflab uluğlovçi kuy-qöşiqlar bayram iştirokçilari qalblariga yöl topib, ularga kötarinki ruh, şodon kayfiyat bağişladi.
Bayram maydoniga kiraverişda tumanimiz xöjaliklarining alohida-alohida ötovlarida mirişkor dehqonlarimiz, sohibkor boğbonlarimiz va mohir çor-vadorlarimiz hamda tadbirkor fermerlarimiz tomonidan yetiştirilgan qişloq xöjalik mahsulotlari, pazandalarimiz tayyorlagan har xil taomlar va pişiriqlar, qöli gul usta hunarmandlarimiz işlagan uy-rözğor buyumlari har bir kişining diqqatini öziga tortib, bayram tarovatiga tarovat, körkiga körk qöşib turdi.
Tadbirda tumanimiz hokimi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Rajabboy Yöldoşev barçani istiqlol bayrami bilan tabriklab nutq sözladi. U öz nutqida mustaqillik şarofati tufayli tumanimizda erişilgan yutuqlar va muvaffaqiyatlar, ayni kunlarda olib borilayotgan kölamdor bunyodkorlik işlari va kelgusidagi yuksak marralar, katta-katta rejalar hamda loyihalar haqida batafsil töxtaldi.

Bayram kuy-qöşiqlari zamonaviy sport öyinlari va anʼanaviy sport turlaridan kuraş, arqon tortiş, qöçqor uriştiriş, xörozlar bahsi, itlar olişuvi, dorbozlar öyini, masxarabozlar tomoşalariga ulanib, bayram iştirokçilarining zavqiga zavq, şavqiga şavq qöşdi.
Bayram şukuhi barçaning qalblarida jöş urdi.
Davru davron, tinç zamon endi seniki,
Hurriyat bayroğin baland tut, öğlim.
Musaffo, osuda osmoning uzra,
Istiqlol quyoşing porlasin, elim.
Qobul ŞOMURODOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶