VOYaGA YeTMAGAN YoShLAP TAPBIYaSIGA BAGʻIShLANGAN TADBIP
Joriy yilning 8-fevral kuni Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejida kollej oʻqituvchilari va oʻquvchilari ishtirokida tadbir oʻtkazilib, unda “Voyaga yetmagan yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik, huquqbuzarliklar va oʻz joniga qasd qilishning oldini olish toʻgʻrisida”gi masala muhokama etildi.
Yigʻilish kun tartibidagi masala yuzasidan “Yoqub eshon bobo” jomeʼ masjidi imom-xatibi D.Bobojonov soʻzga chiqib, voyaga yetmagan yoshlar orasidagi jinoyatchiliklar haqida gapirdi va ularning oldini olish yuzasidan oʻz maslahatlarini berdi, oʻz joniga qasd qilishning oqibatlari haqida hadislardan namunalar keltirdi.
Ushbu tadbir yakunida imom-xatib D.Bobojonov va Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini profilaktika inspektori M.Maxmudovlar oʻquvchi-yoshlar tomonidan berilgan savollarga toʻliq javob berdilar.
Tadbir yakunida muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Dildora BEKMUHAMMEDOVA, kollejda tashkil
etilgan “Muxbirlar posti” aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶