FUQAROLAR EMAS, HUJJATLAR HARAKATLANADI
Mamlakatimizda davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida amaliyotga tatbiq qilinayotgan “Fuqarolar emas, xujjatlar xarakatlanadi” tamoyili ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etish, davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yangi, yanada yuksak bosqichga koʻtarishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
2018-yil 1-yanvardan Tadbirkorlik subʼektlariga «yagona darcha» tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari Davlat xizmatlari markazlariga aylantirildi.
Inson hayotining har bir qadamida, jamiyat hayotining u yoki bu sohasi bilan bogʻliq harakatida davlat organlari bilan duch kelishi muqarrar. Bunda xalq ogʻirini yengil qilish, ularga “davlat-fuqaro” munosabatlarida qulaylik yaratish va shaffoflikni taʼminlash maqsadida davlat rahbari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatishning yangi kontseptsiyasi ilgari surildi.
Bunda asosiy eʼtibor navbatda turishlarni keskin kamaytirish, sansalorlikning oldini olish, xalqning davlat idoralaridan rozi boʻlishiga qaratildi. Kundalik hayotda har birimiz roʻpara keladigan nikohni qayd etish, farzandning dunyoga kelishi, bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga joylashtirish tashvishi, ular bilan bogʻliq hujjatlarni rasmiylashtirish, tegishli toʻlovlarni amalga oshirish endilikda Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi. Bu nafaqat sarf-harajatlarni, balki inson uchun qimmatli boʻlgan vaqtni tejashga imkon yaratadi.
Hozirda Respublika boʻylab joylashgan davlat xizmatlari markazlarida aholiga innovatsion texnologiyalar asosida zamon talablariga mos ravishda 37 turdagi xizmatlar koʻrsatilib kelinmoqda.
Aholini markazlar faoliyati, koʻrsatiladigan davlat xizmatlari turlari bilan yaqindan tanishtirish, ularning markazlarga boʻlgan ishonchi va qiziqishini oshirish maqsadida hududda istiqomat qiluvchi aholi hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan yoshlar, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, markazlar faoliyatini keng ommaga yoritish, aholiga davlat xizmatlaridan foydalanishning afzalliklarini tushuntirish, ularning bu boradagi huquqiy madaniyatini shakllantirish maqsadida tumanimizning aholi gavjum hududlari, bozorlar, savdo majmualari, shuningdek, reklama ustunlariga davlat xizmatlari, ularning turlari va mexanizmi yoritilgan va asosiy gʻoyasi “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” shiori ostidagi plakatlar, bannerlar joylashtirildi, koʻplab bukletlar tarqatildi. Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilgan “Adliya burchaklari” oʻrnatildi.
Amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar aholi uchun yanada qulaylik yaratib, inson manfaatlarini taʼminlashga xizmat qiladi.
Mansur SODIKOV,
Tuman Davlat xizmatlari markazi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶