TO AYoL BOP EKAN...
Aytdilar, agarda Ayol boʻlmasa,
Ayol, deb toʻlgʻongan xayol boʻlmasa.
Samolar koʻshkida hilol boʻlmasa.,
Bu ne hol, deguvchi savol boʻlmasa –
Shunchalar gʻarib-u nolon bu dunyo!
Bas, Ayol mehridan olam munavvar,
Faqat u nazokat bobida sarvar.
Birgina lutfidan koʻngil hurlanar
Va majruh dillarda umid nurlanar –
Nurlar ogʻushida charogʻon dunyo!
Oshiqib boramiz, onam, jonim, deb,
Bagʻriga singamiz, mehribonim, deb.
Toʻkilib-toʻkilib oʻz gʻamimiz yeb,
Shu munis koʻngilga beroldikmi zeb?
Turfa xil savoldan xirmon bu dunyo!
Jam boʻlib kelganda opa-singillar,
Dillardan yozilib ketar chigillar.
Ketamiz, jonhalak onamiz qolar,
Qoʻllarga tutqazib mitti tugunlar –
“Bolam!” deb koʻzlari nigoron dunyo!
Ayollik – shundayin ulugʻ saltanat,
Ehromi – mehrdir, savob, saxovat.
“Yashasa, bolam, deb yashaydi faqat”,
U bilan har koʻngil baxtga yor abad –
Oʻshal baxt sehridan shodumon dunyo.
Qarang-a, chor taraf chunon gulladi,
Zamin-u samo ham ajib ellandi!
Tillarda bir sheva takror aylandi:
To Ayol bor ekan olam gullaydi –
Mehr-u ishq mulkida osmon bu dunyo!
Gul tuting qoʻliga, kulsin charaqlab,
Xushxonlar kuylasin madhin “chah-chah”lab.
“Ayol bor!” – degan xush sado jaranglab
“Tiriklik qudrating asra, - deb, - yo Pab!”-
Beshiklar ustida posbon bu dunyo!
Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶