XOTIRA BOR EKAN – MILLAT BARHAYoT
Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yoʻqotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam boʻla olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovidir. Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuygʻusi bilan barhayotdir.
Biz azaldan tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu gʻoya targʻibiga bagʻishlangan buyuk milliy maʼnaviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga yetish targʻib etiladi, urush esa batamom qoralanadi. 9-mayni Xotira va qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi. Hamon oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat qilib, mashaqqat chekkanlar bor. Oʻtganlarni xotirlash, safimizda yurganlarning esa qadriga yetish kerak.
Fashizm ustidan qozonilgan gʻalabada xalqimizning ham mardonavor va salmoqli hissasi unutilmas haqiqatdir. Shuning uchun ham bu kunda minglab Oʻzbekiston xalqi va poytaxt mehmonlari “Mungli ona” haykali ostiga gullar qoʻyadilar va bu orqali Ikkinchi Jahon urushida qurbon boʻlganlar xotirasini yodga oladilar. Bu kunda yoshlar va yoshi ulugʻ kishilar, bolalar yoki kattalar xotira maydonlarini ziyorat qilishga harakat qiladilar.
Ajdodlar ruhiga hurmat xalqimizning eng oliy fazilatlaridan biridir. Xotira – muqaddas va aziz tuygʻu. Vatan ravnaqi, xalq osoyishtaligi uchun xizmat qilgan el fidoyilari ezgu amallari sabab umrbod kishilar yodidan oʻchmaydilar. Nomlari hamisha eʼzoz bilan tilga olinib, xotiralari mangulikka muhrlanadi.
Habiba Qoʻshayeva, 67-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶