ZULFIYaXONIM TAVALLUDINING 103 YILLIGIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR
Shu yilning 1-mart kuni 20-sonli umumtaʼlim maktabida atoqli oʻzbek shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 103 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilish oʻtkazilib, unda maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilari, ota-onalar hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.
Yigʻilishda maktabning ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi G.Bobojonova soʻzga chiqib, Zulfiyaxonim hayoti va ijodi, uning ibratli hayot yoʻli haqida batafsil maʼlumot berdi.
Shuningdek, yigʻilishda maktab oʻqituvchilari M.Bobojonova, G.Allaberganova, yoshlar yetakchisi J.Jumamurodov va boshqalar soʻzga chiqishib, shoiraning ibratli hayoti va faoliyati, ijodi va boy maʼnaviy merosi haqida gapirdilar.
Tadbir davomida 9- va 10-sinflar oʻquvchi qizlaridan tuzilgan guruhlar oʻrtasida “Bahor keldi, seni soʻroqlab” mavzusida beshta shartdan iborat musobaqa oʻtkazildi.
Musobaqa gʻoliblariga tadbir tashkilotchilari tomonidan “Faxriy yorliq” va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Tadbir yakunida yosh sanʼatkorlar tomonidan tayyorlangan adabiy-musiqiy chiqishlar namoyish etildi.
Xosiyat Sobirova, Maktabda tashkil etilgan
“Muxbirlar posti” aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶