KITOBXON ONAXON BILAN UChRAShUV
«Boy ovul» mahalla fuqarolar yigʻini xodimlari ayni kunda mahallada istiqomat qilayotgan keksa yoshdagi kitobxonlar bilan uchrashib,ularning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishlarini va kitobxonlikni rivojlantirish boʻyicha takliflarini oʻrganmoqdalar.
Shu yilning 28-fevral kuni mahalla fuqarolar yigʻini diniy marifiy va manaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslaxatchisi Fotima Doʻsimbetova va mahalla faoli, jurnalist Allambergan Jumaniyozovlar maxallada istiqomat qilayotgan 94 yoshli kitobxon onaxon Oʻtabika Polvonova bilan uchrashib, suhbatlashdilar va unga kitob hamda vaqtli matbuot nashrlari - gazeta-jurnallarni sovgʻa qildilar.
Kitobxon onaxon Oʻtabika Polvonova sovgʻa qilingan kitob va gazeta jurnallar uchun katta minnatdorlik izhor qildi va kitobxonlarni koʻpaytirish uchun maxalla kutubxonasini tashkil etish zarurligi haqida oʻz fikrini bildirdi.
M.ShOMURODOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶