12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 23:21
👁 6,405

ORZULAR GUL OÇGAN OBOD MAKONLAR

ORZULAR GUL OÇGAN OBOD MAKONLAR

Xonadonlari şinam va obod mahalla

Jamiyatimizning har bir faol aʼzosining hayoti, turmuş tarzi, orzu-umidlari bevosita mahalla bilan çambarças boğliq. Çunki inson mahallada tuğilib, voyaga yetadi. Şu makonda yaşab, bir daraxtday ildiz otadi. Öz xonadoni, oilasi, mahallasi obodligi uçun mehnat qiladi.

Manğit şahrining serfayz, eng obod göşalaridan biri – Oybek nomli mahallada bölganimizda bu yerda istiqomat qiluvçi har bir kişi el-yurt farovonligi, obodligi yölida fidoyi, biri-biridan mehnatkaş, tadbirkor ekanliklarini körib, bildik. Taʼbir joiz bölsa, bir ota-onaning farzandlariday ahil-inoq, bir-birlarini qadrlab yaşayotganlaridan quvondik.

Mustaqillikning ilk yillarida, 1994-yilda taşkil topgan Oybek nomli mahalla bugungi kunda öz sanoat işlab çiqariş korxonalari, tadbirkor-u işbilarmonlari tomonidan bunyod etilgan şinam töyxona, xususiy dökonlari, fidoyi va mehnatkaş, ahil aholisi bilan obod makonga aylangan. Umumiy yer maydoni 156 gektarni taşkil etgan uşbu mahallada 18 ta köçalar mavjud. 579 ta xonadon tarkibidagi 842 ta oilada 3540 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Şunisi eʼtiborga molikki, 3151 nafar özbek, 140 nafar qozoq, 194 nafar qoraqalpoq, 5 nafar turkman va 10 nafardan ziyod boşqa millat vakillari bir oila aʼzolaridek ahil-inoq yaşab, yurtimizning obodligi va farovonligi yölida mehnat qiladilar.

Mahalla ahlining turmuş farovonligi yildan-yilga yuksalib bormoqda. Umumiy savdo maydoni 120 kvadrat metrga teng bitta "Amudaryo tutinuv” AJga qaraşli va 5 ta xususiy dökon, bitta xususiy oşxona, 12 ta maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari, yaʼni 2 ta hammom, 6 ta tikuvçilik, bitta sartaroşlik hamda 2 ta avtomobillarga texnik xizmat körsatiş ustaxonalari va bitta un xorazi aholi xizmatida.

Aholining iş bilan bandligini taʼminlaşga alohida ahamiyat berilganligi bois, mehnatga layoqatli 1873 nafar kişining asosiy qismi iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, fermer va dehqon xöjaliklarida, taʼlim va madaniyat muassasalari, sanoat, quriliş hamda soğlikni saqlaş tizimida mehnat qilişadi. 19 nafar kişi esa tadbirkorlar tomonidan yaratilgan yangi iş örinlarida faoliyat olib borişadi. 35 nafar kişi uy mehnati va kasanaçilik faoliyati bilan şuğullanadilar. Har jihatdan soğlom va barkamol avlodni tarbiyalaşga alohida eʼtibor bilan qaraladi. Hududdagi 55-sonli umumtaʼlim maktabi, bolalar boğçasi, barça qulayliklarga ega 2 ta stadion, 1 ta sport maydonçasi, 6 ta sport tögaraklari mahalla yoşlarining va jajji bolajonlarning çiniqiş maktabiga aylangan.

Yakka tadbirkorlik va oilaviy tadbirkorlik bilan şuğullanuvçilar safi yil sayin oşib borayotganligi aholining tökin-soçin, farovon hayot keçirişida muhim omil bölayotir. Bugungi kunda 211 nafar kişi öz şaxsiy avtomobillariga ega. Şaxsiy avtomobil va traktorlari bölgan xonadonlar ahlining hayotida iqtisodiy muammoning özi yöq. Kaftdekkina tomorqa yeridan möl-köl ziroat olib, oilalari iqtisodini barqarorlaştirib, turmuşini obod qilib yaşayotgan oilalar ostonasidan qadam qöysangiz, qalbingizda havas uyğonadi: şaharda yaşab turib öz çorvasi, parrandasi, tomorqasi barakasidan hayoti fayzga töla oybekliklarning özaro ahil, hamjihatlikda keçayotgan har bir kuni mazmunli. Vaholanki, hayotida mazmun bölgan insonlargina baxtiyordirlar. Tonglari osuda, tinç va farovon, xonadonlari şinam va obod mahallaning har bitta oilasida ana şunday sermazmun hayot hokimligini kördik biz.

"Bozor – elning manglayi”

Uluğ sohibqiron bobomiz, buyuk sarkarda Amir Temur hazratlari qaysi şahar yoki viloyatga borsalar, eng avvalo bozorini borib körarkanlar va şunday der ekanlar:

- Bozor – elning manglayi. Elning ahvoli, suvrati va siyrati ana şu bozorda aks etadi!

Naqadar donişmandlik bu! Axir elning iqtisodi yuksak bölgandagina bozorlari rivoj topadi, obod bölib boradi. "Bozori obodning eli obod”, degan hikmatning xalqimiz hayotiga, ong-şuuriga singib ketganligining maʼnosi ham şunda.

- Prezidentimiz I.A.Karimovning 2010-yil 26-apreldagi "Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini taşkil etişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bozorlarimiz va savdo komplekslarimiz qiyofasini tubdan özgartirib yubordi, - deydi Manğit savdo kompleksi MÇJ direktori Baxtiyor Madrahimov. – Prezident qarori va unga muvofiq Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda tuman hokimining bu boradagi maxsus qarorlari asosida Manğit şahrining Beruniy mahallasi hududidan 1,8 gektar yer maydoni ajratilib, yangi Manğit savdo kompleksi bunyod etildi.

Darhaqiqat, şahrimizga körk bağişlab turgan savdo kompleksining asosini taşkil etuvçi 184 ta turğun savdo şoxobçasining 52 tasi qisqa fursatda işga tuşirilgani tumanimiz ahlining erkin savdo-xarid qilişlari uçun qulaylik yaratdi. Avvallari tadbirkorlar öz buyum-mahsulotlarini qölbola peştaxtalar ustiga yoyib savdo qilişgan bölsalar, endilikda zamonaviy meʼmoriy yeçimga ega dökonlarda tadbirkor uçun ham, xaridorlar uçun ham qulay şart-şaroitlar muhayyo. Tuman hokimligining moddiy va amaliy yordami tufayli savdo kompleksini yanada rivojlantiriş, rekonstruktsiya qiliş, moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, sanitariya holati va savdo xizmati körsatiş sifatini yaxşilaşga alohida ahamiyat berilmoqda. 50 million sömlik bank krediti asosida savdo kompleksining içki qismidagi 2000 kvadrat metrli yölaklarga bezakli brusçatkalar yotqizilib, kanalizatsiya tarmoqlari ötkazilgani savdo kompleksining çiroyini oçib yubordi. Bozorning kiriş va çiqiş qismlariga serhaşam darvozalar örnatilib, sahnlar asfaltlandi, savdo kompleksini elektr energiyasi bilan taʼminlaş yaxşilandi. 20 million sömlik bank krediti evaziga maişiy obʼektlar qurildi.

Şuni alohida taʼkidlaş joizki, juda qisqa fursat içida, bundan bir neça yil avval turli çiqindilar maydoniga aylangan körimsiz hudud bugungi kunda tumanimiz aholisi va mehmonlarining sevimli savdo maskaniga aylandi. Endilikda Manğit savdo kompleksida öz mijozlarining dökonlardan xohlagan buyumlarini tanlab, xarid qilişlari, hatto respublikamizning turli şaharlariga jönab ketişlari uçun namunali transport xizmatlari körsatiş imkoniyatlari mavjud. Çunki tuman hokimining 2012-yil 15-iyuldagi 393-sonli qaroriga muvofiq "Gözaloy-Mahmud qizi” MÇJga qaraşli şaharlararo avtoşohbekat "Manğit savdo kompleksi” MÇJ tasarrufiga ötkazildi. Savdokompleksining şundoqqina yonida joylaşgan avtoşohbekatda nazorat kassa maşinasi va tölov terminalining mavjudligi mijozlar uçun eng katta qulayliklardan biri böldi.

Avvallari xonadonlarida töy boşlab qöygan hamyurtlarimiz zarur buyumlarni izlab boşqa şaharlarga qatnab, sarson bölib yurişsalar, endilikda şu yerdan, tumanimiz markazidagi buyum bozoridan eng sifatli kiyim-keçak, gilam-poyandozlar, maişiy texnika anjomlari, mebellar, kulolçilik va eng sifatli çinni buyumlarini kelişilgan narxlarda mamnuniyat bilan xarid qiladilar, hatto buyurtmalar beradilar. Mustaqillikdan avval Manğit şahrimiz haqida umuman tasavvurga ega bölmagan toşkentlik, vodiylik, Samarqand-u Buxoro, hatto Qaşqadaryo va surxondaryolik yurtdoşlarimiz:

- Manğit bozorlarimi, ö-ö, ajoyib!, - deya havaslanişlarida ham jon bor.

Buyuklik mezonlari

"Olmazor” mahallasida qad rostlagan, bugungi kunda ilmga çanqoq tumanimiz yoşlarining sevimli maskaniga aylangan Manğit iqtisodiyot kasb-hunar kollejida 8 ta yönaliş böyiça 891 nafar öquvçi tahsil oladi. Öz sohasining bilimdonlari bölgan 62 nafar oliy maʼlumotli mutaxassis öqituvçilar talabalarning fan asoslarini mukammal egallab, kasb-hunarli bölib yetişişlari uçun fidoyilik bilan mehnat qilişadi. Kollejda öquvçilarning nazariy va amaliy maşğulotlarni mukammal özlaştirişlari uçun yaratilgan şaroitlar yetarli. Barça qulayliklarga ega kutubxona, nazariy-amaliy maşğulotlar ötiş uçun möljallangan zamonaviy laboratoriya va maxsus fan xonalari, kompyuter va lingafon xonalarida öquvçilar özlarini qiziqtirgan mavzularda maşğulotlarda iştirok etiş imkoniga ega. Fan tögaraklarining muntazam ravişda qiziquvçan yoşlar bilan gavjumligi öz samarasini bermoqda. Çunonçi, "Eng yoş isteʼmolçi-2009” körik-tanlovida kollej talabalari tumanda birinçi, Respublikada faxrli 3-örinni egallagan bölsalar, tuman miqyosida ötkazilgan "Siz qonunni bilasizmi?” körik-tanlovida 2-örinni, 2011-yilda esa faxriy 1-örinni egallaşdi. Fan tögaraklarining eng faol aʼzolari fanlar olimpiadalarida muvaffaqiyatli iştirok etişayotgani yanada quvonarli. Faqat 2012-2013 öquv yilida 14 anfar kollej talabasi fan olimpiadalarining respublika bosqiçida muvaffaqiyatli iştirok etib, faxrli örinlarni egalladilar.

Xalqimizda ajoyib bir hikmat bor:

- Sen bolangni maqtama, uning qaddu kamolini körib, özim aytaman, - deydilar.

Biz ham, töğrisi, öz öquvçisini maqtaşni xuş köradigan ustozni tinglaşdan köra kollej öquvçilarining qaddu kamolini körib, havaslandik. Sababi, 18 ta turli xil yönalişlardagi tögaraklarning iştirokçilari bölgan talaba-yoşlar erişayotgan yutuqlar bir dunyo, orzular çegarasiz! "Şunqorlar” harbiy-sport musobaqalarining, "Ziyo” intellektual öyinlarining "Barkamol avlod”, "Umid nihollari” sport musobaqalari hamda sportning futbol, boks, yengil atletika, dzyudo kuraşi turlari böyiça tuman va Qoraqalpoğiston miqyosidagi nufuzli musobaqalarning doimiy iştirokçilari va ğoliblariga aylangan kollej talabalari hamda bitiruvçilari hayotda ham ilğor – öz örinlarini topgan, epçil, tadbirkor va işbilarmon. Birgina 2012-2013 öquv yilida kollejni 8 ta yönaliş böyiça muvaffaqiyatli tugatgan 334 nafar öz mutaxassisligiga ega bölgan yoşlardan 25 nafari imtiyozli bank kreditlari asosida öz tadbirkorlik faoliyatlarini boşlaş uçun davlat röyxatidan ötdilar. Ulardan 14 nafari ayni kunda bank krediti asosida öz faoliyatlarini boşlab yuborişdi,11 nafar bitiruvçi tez kunlarda tadbirkorlikka qöl uradilar. 220 nafar kollej bitiruvçilari öz mutaxassisliklari böyiça işga joylaşgan bölsa, 8 nafar bitiruvçi oliy öquv yurtlari talabalari bölişdi.

Agar köngilda hayotga iştiyoq bölsa, öqişga, işlaşga imkon tuğiladi. Imkon eşiklari oçilgan joyda orzular gullaydi. Orzular gulzoridan har dilga gözallik kirib keladi. Ana şu gözallik har dilning öziniki, öz mulki. Bu şunday mulkki, uning mezonlari buyuk – Vatan obodligi, elu yurt farovonligiga jonfido tuyğularga hamohang bu mezonlar. Biz kördik, tan berdik – Manğit iqtisodiyot kasb-hunar kollejining har bir öquvçisi könglida ana şunday iştiyoq bor. Şu boiskim, ular uçun jamiki ezgu imkon eşiklari lang oçiq, dillarida gözal tuyğularga hamohang kelajagi buyuk Vatan sevgisi hokim. Bu tuyğularning mezonlari buyuk. Ana şu buyuklikka munosib yoşlar tahsil olmoqda bu ilm maskanida.

Heç kimdan kam bölmagan yoşlar

Yurtboşimiz tez-tez takrorlaydigan bir ibora bor:

- Mamlakatning kelajagini taʼminlovçi kuç – soğlom va barkamol avlod!

Şu boisdan ham mamlakatimizda Prezident I.A.Karimov boşçiligida barkamol avlod taʼlimi va tarbiyasi davlat siyosatining eng ustuvor yönalişi qilib belgilandi. Jismonan yetuk, maʼnan barkamol avlodni kamol toptiriş maqsadida mamlakatimizning eng çekka qişloqlarida ham muhtaşam sport inşootlari, namunali ilm maskanlari qad rostladi.

Tumanimizdagi 1-sonli BÖSM binosi ham Mustaqillik davri koşonalaridan sanaladi. Manğit şahrining "Çordara” mahallasi yoşlarining jismoniy çiniqiş maskaniga aylangan mazkur sport maktabida bugungi kunda sportning bir neça turlari böyiça malakali trenerlar maşğulot olib borişadi.

- Mahallamiz yoşlari kuçli, jasur bölib ösişmoqda, biz heç kimdan kam emasmiz, - deydi sportning boks turi böyiça sport ustaligiga nomzod, Özbekiston terma jamoasi aʼzosi Umid Örozboyev.

- Umidbek yaqinda boks böyiça Özbekiston kubogi musobaqalarida kumuş medal sohibi böldi, - deydi öz şogirdidan faxrlanib J.Nurumbetov.

Sport maktabining boks sektsiyasi aʼzolari orasida nafaqat tumanda, Respublikamiz va mamlakatimiz miqyosida quvonarli yutuqlarni qölga kiritayotgan sportçilar talaygina. Bir neça xalqaro turnirlar ğolibi, boks böyiça Özbekiston birinçiligi sovrindori, sport ustaligiga nomzod Bobur Ismoilov, Özbekiston Respublikasi turniri ğolibi, sport ustaligiga nomzod Şohruh Rahimov, Qoraqalpoğiston Respublikasi çempioni, sport ustaligiga nomzod Jasur Pölatov, xalqaro turnirlar ğolibi, Özbekiston terma jamoasi aʼzosi, Özbekiston çempioni Obidjon Usmonovlarning nomi bugungi kunda boks sporti muxlislariga yaxşi taniş.

- "Biz heç kimdan kam emasmiz!” – deganlarida muhtaram Prezidentimiz biz yoşlarga işonganlarini yaxşi bilamiz,- deydi boks böyiça Özbekiston terma jamoasi aʼzosi Obidjon Usmonov. – Haqiqatan ham, heç kimdan kam bölmaslikka intilib yaşaş, bunga erişiş – bizning ezgu şiorimiz.

Buning uçun butun mamlakatimizda, şu jumladan tumanimizda ham yoşlarimizning ham maʼnan, ham jismonan çiniqişlari uçun barça şart-şaroitlar yaratilgan. Xususan, birgina 1-sonli BÖSMning boks sektsiyasi öquvçilari uçun yaqinda yangidan 18 million sömlik boks ringi keltirilib, yoş sportçilar ixtiyoriga berildi. Tuman hokimi R.Yöldoşevning qöllab-quvvatlaşlari natijasida "Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi” tomonidan yetkazib berilgan sport anjomlari orasida 1,5 million sömlik boks qoplari, 1 million sömlik çarm qölqoplar va boşqa zarur boks anjomlari sportçilar uçun Mustaqillik bayramiga katta sovğa böldi.

Bu - mamlakatimizning kelajagi bölgan yoşlarning barkamolligi, tökis va farovon, soğlom hayoti uçun beqiyos ğamxörlikning amaliy ifodasidir. Zero, bugungi yoş avlod uçun ğamxörlik – millat va mamlakat kelajagi uçun ğamxörlikdir.

Robiya YÖLDOŞEVA.


🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026