HARBIY SPORT MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI



Joriy yilning 5-mart kuni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, tuman mudofaa boʻlimi, tumandagi oʻrta maxsus kasb-hunar kollejlari himkorligida “Burgut” harbiy sport musobaqalarining tuman bosiqichi oʻtkazildi.
Tuman mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti maydonchasida oʻtkazilgan ushbu harbiy sport musobaqalarida 9 ta oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalari jamoalari ishtirok etishdi.
Musobaqalarda jamoalar mohir mergan, toʻsiqlar oshib yugurish, jabrlanuvchiga birinchi yordam koʻrsatish, minalashtirilgan hududda harakatlanish, safda qoʻshiq aytish, maxfiy porollar bilan ishash, harbiy unvonlar turlarini topish, “Oʻzbekiston ramzlari” haqida aytib berish va raqib jamoa bayrogʻini egallash shartlari boʻyicha bellashdilar.
Harbiy sport musobaqalarida faollik koʻrsatgan Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining “Samo burguti” jamoasi 1-oʻrinni, Doʻrman qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejining “Lochin” jamoasi 2-oʻrinni, Amudaryo melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kollejining “Burgut” jamoasi 3-oʻrinni egalladi.
Musobaqa ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
M.EShMONOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶