“ENG NAMUNALI MAKTAB SARDORLAR KENGAShI” KOʻRIK- TANLOVI OʻTKAZILDI
12-mart kuni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Eng namunali maktab sardorlar Kengashi” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
Boshlangʻich tashkilot yetakchilari ish samaradorligini orttirish, ularda yetakchilik qobiliyatlarini kuchaytirish va siyosiy-huquqiy bilimlarni shakllantirish maqsadida oʻtkazilgan ushbu koʻrik-tanlovda 11-, 34-, 44-, 50-, 27-, va 40-sonli maktablar jamoalari ishtirok etishdi.
Koʻrik-tanlovning tuman bosiqichda 11-sonli maktab sardorlar Kengashi aʼzolari 1-oʻrinni, 40-sonli maktab sardorlar Kengashi aʼzolari 2-oʻrinni, 44-sonli maktab sardorlar Kengashi aʼzolari 3-oʻrinni egalladilar.
Tadbir yakunida gʻoliblarga tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶