“Yosh qutqaruvchilar” klubiga aʼzolar tanlandi
Bugungi kunda tabiat hodisalariga bogʻliq va bogʻliq boʻlmagan har xil favqulodda vaziyatlarning tez-tez sodir boʻlayotgani insonlarning hayotini xavf ostida qoldirmoqda. Shu bois oʻquv muassasalarida oʻquvchilarga favqulodda vaziyatlar hamda oʻz hayotini xavfdan himoya qilish yoʻllari haqida tushunchalar berib boriladi.
Kasb-hunar kollejlarida oʻquvchilarga bu boʻyicha maʼlumotlar darslar davomida berilib borilishi bilan birga “Yosh qutqaruvchilar” klublari ham tashkil etilmoqda.
Amudaryo Qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida tashkil etilgan “Yosh qutqaruvchilar” klubi aʼzoligiga qabul qilish uchun oʻquvchilar oʻrtasida tanlov oʻtkazildi. Tanlovda oʻquvchilarning abjirliklari, chaqqonliklari va favqulodda vaziyatlar boʻyicha bilimlari shartlar asosida sinaldi va shartlarni bajara olgan epchil, bilimli oʻquvchilar saralab olindi.
Tanlov yakunida saralab olingan oʻquvchilar “Yosh qutqaruvchilar” klubi aʼzoligiga qabul qilindi va ularga vazifalari haqida tushunchalar berildi.
Sarvar Shukurullayev,
kollej oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶