Kollejda “Balli, qizlar!” koʻrik tanlovi oʻtkazildi
Bahor – bayramlar fasli. Koʻklamni sogʻingan ellar uning tashrifidan quvonchga toʻlib, har bir kunni bayramga ulaydi.
Yaqinda Amudaryo Qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida oʻtkazilgan “Balli, qizlar!” koʻrik-tanlovi ham barchaga bahoriy kayfiyat ulashdi. Koʻrik-tanlovda ishtirok etgan kollejning 1-3-bosqich guruhlari oʻquvchi qizlari oʻzlarining salomlashish odobini, pazandaligini, erta turmush borasidagi muammolarga munosabatini, ifodali sheʼr oʻqishini, oʻzi sevgan va tanlagan kasbi haqida tushunchalari, orzu-istaklarini tomoshabinlarga chiroyli tarzda yetkazib berdilar.
Koʻrik-tanlovda faol ishtirok etgan 8-17 guruhi oʻquvchisi Shahlo Koʻklanboyeva 1-oʻringa, 19-16 guruhi oʻquvchisi Eshimova Manzura 2-oʻringa, 10-17 guruhi oʻquvchisi Yerjanova Mavluda 3-oʻringa munosib deb topildilar.
“Balli, qizlar!” koʻrik-tanlovida ishtirokchilarning chiqishlari barchaga manzur boʻldi.
Nafosat Tilovboyeva,
kollej oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶