Jamiyat
👁 790
Maktabda Navroʻz sayli
Mamlakatimizning barcha hududlarida oʻtkazilayotgan Navroʻz sayllari xalqimizning maʼnaviy-axloqiy qadriyatlari, insonparvarlik gʻoyalari, tarixiy -maʼnaviy merosidan faxrlanish tuygʻusini ifoda etmoqda. Bizning 20-sonli maktabimizda ham Navroʻz ayyomi koʻtarinki ruhda oʻtkazildi. Maktabimizda oʻtkazilgan bayramda mahalla faollari, faxriy oʻqituvchilar, maktab jamoasi, oʻquvchilar va ularning ota-onalari ham ishtirok etishdi. Oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan bayram dasturida sumalak sayli, milliy kiyimlar namoyishi, bayramga atalgan sheʼr, qoʻshiq va raqslar, qadimiy anʼanalardan biri boʻlgan kurash, qoʻchqor va xoʻroz urushtirish oʻyinlari barchaga xush kayfiyat bagʻishladi.
Xosiyat Yusupova, 20-maktabning oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶