DARDGA DARMON ShIFOKOR
Yaqinda nevaram – qizimning oʻgʻli Kamronbek Gulimmetov toʻsatdan ogʻrib, isitmasi koʻtarila boshladi. Uni oʻziga keltirish uchun urinishlarimiz samara bermay, sudurgi bera boshlagach, darrov “Tez yordam”ga qoʻngʻiroq qildik. Chaqiruvimiz boʻyicha kelgan shifokor chaqaloqqa birinchi tibbiy yordam berdi va qattiq shamollaganini aytib, kasalxonaga yotqizish lozimligini tushuntirdi.
Biz ham bola tuzalsa boʻldi, davolatishdan qochmasligimizni aytdik.
Shunday qilib nevaram tuman Tibbiyot birlashmasining bolalar reanimatsiyasi boʻlimiga yotqizildi. Boʻlim mudiri Egambergan Xidirov chaqaloq uch-toʻrt kunda tuzalib, uyingizga qaytadi, xavotir olmang, deb koʻnglimizga ancha tasalli berdi va davolashni boshladi.
Shifokor aytganidek, Kamronbek toʻrt kunda tuzalib ketdi, hammamizni xursand qildi. Shunda men shifokor Egambergan Xidirovga qoyil qoldim. Ota-onalar tahlikali vaziyatlarda qolganda tasalli berishlariga, faqat mening nevaram emas, boʻlimga keltirilgan barcha bolalarning sogʻayishi uchun yelib-yugurib mehnat qilishiga ofarin, degim keldi.
Haqiqatan ham boʻlimda nevaram davolanishi jarayonida koʻpchilik ota-onalarning farzandlari uning muolajalaridan sogʻayib, minnatdor boʻlib uylariga qaytayotganini oʻz koʻzim bilan koʻrdim.
Ilohim Egamberganga oʻxshagan shifokorlarimiz doimo omon boʻlishsin, deyman. Biz unga oʻxshagan sogʻlik fidoyilari bilan haqli ravishda faxrlansak arziydi.
Yoʻldosh Rajabov, mehnat faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶