Uyshinda Navroʻz, sayli
Eh-heh-hey! Odamlaru odamlar, eshitmadim demanglar, hamma Navroʻz sayliga!
Oʻquvchi bolakayning maktab oldidagi bayramona bezatilgan maydonchani aylanib shodon qichqirishi barcha yigʻilganlarning koʻnglida intiqib kutilgan qutlugʻ kun quvonchini yanada oshirdi. Shu tomonga kelayotganlar qadamini ildamlatdi.
Maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari, ota-onalari, “Uyshin” mahalla faollari, faxriy oʻqituvchilar, mahalla kichkintoylari jam boʻlgan Navroʻzi olamga bagʻishlangan, “Aziz yurtdoshlar, har bir kuningiz Navroʻz boʻlsin!” degan gʻoyani oʻzida mujassam etgan madaniy musiqiy tadbir “Bahor valsi” raqsi bilan boshlandi.
Bayram shodiyonasini maktab direktori Soliy Avazmurotov ochdi. Direktor oʻrinbosari Asqarboy Matmurotovning Navroʻz tarixiga oid maʼruzasidan soʻng bayram tomoshalari boshlandi.
Tomoshada ijro etilgan masxarabozlar chiqishlari, qizlar aytishuvlari, qoʻshiqlar, raqslarni yigʻilganlar miriqib tomosha qildilar.
Kontsert dasturi yakunida sport musobaqalari boʻlib oʻtdi. Qoʻchqor, xoʻroz urishtirish, varrak uchirish kabi milliy oʻyinlarga navbat berildi. 75-maktabda oʻtkazilgan urf-odatlarimiz, anʼanalarimiz aks etgan teatrlashtirilgan bayram tomoshasi barcha ishtirokchilarga manzur boʻldi. Tadbirda maktab oʻquvchilaridan Mahliyo Oʻrozimbetova, Xursandoy Yoʻldoshboyeva, Nabira Qodirova, Jumagul Odamboyeva, Javohir Odamboyev, Kumushoy Pahimova, Mohira Toʻraboyeva, Mohinur Yoʻldoshboyevalar faol qatnashib, barchaning olqishlariga sazovor boʻldilar.
Fayzulla Sobirov,
75-maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶