Gazetxonlar bilan uchrashuv oʻtkazildi
27-mart kuni Qilichboy ovulidagi Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji binosida gazetxonlar bilan uchrashuv yigʻilishi boʻlib, unda 30 nafardan ortiq “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalari muxlislari ishtirok etdilar.
Yigʻilishda dastlab gazetaning masʼul kotibi Allambergan Jumaniyozov soʻzga chiqib, ayni kunda gazeta tahririyati xodimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar, gazeta jurnalistlari tomonidan qoʻlga kiritilgan yutuqlar va tahririyatning kelgusidagi rejalari haqida gapirdi.
Shundan soʻng Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini raisining oʻrinbosari – keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchisi Amina Yusupova, “Xizr eli” MFY raisi Otajon Oʻrozboyev, “Qilichboy” qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri Abdulla Yuldashev, 22-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi Mohimjon Tursunova va Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi Bahodir Sherimbetovlar soʻzga chiqishib,tuman hayotining koʻzgusi boʻlgan “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalari haqida oʻz fikr va mulohazalarini bildirdilar, gazetalarni yanada rivojlantirish boʻyicha taklif va istaklarini aytdilar.
Mansur Tajiboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶