12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 19:00
Adabiyot 👁 3,003

SIZ ONAMGA ÖXŞAYSIZ

SIZ ONAMGA ÖXŞAYSIZ

(Badia)

(Birinçi ustozim Aqböliş opa Jayliyevaga)

Bahor kelganiga yarim oy bölay deb qoldi-yu kunlar iliy demaydi. Xuddi qiş hukmronligini bergisi kelmayotganday. Osmonni qalin bulut qoplagan bugungi rutubatli kun  ertalabdan taʼbimni xira qildi. Har-har zamonda selgilab turgan yomğir yöllarni biroz namlagan. Kuzakda yöl çetlaridagi daraxtlar şoxlaridan uzilib yerga tuşgan yaproqlar şamol zabti bilan loy yölga yopişib qolgan. Har qadamingda oyoğingga ilaşib badtar ğaşingga tegadi odamning. Bu manzaralar  xuddi keç kuz kunlariga mengzaydi. Özimning bu öxşatişimdan kayfiyatim badtar buzildi. Köklamni qarşi olmoqqa çoğlanib turganingda kuzga duç kelsang... Bilmadim boşqalarga qanday, lekin kuzak keldi degunça mening könglim buzilaveradi. Kuz mening nazarimda köklamda odamlarning közlarini yaşnatib jonlangan öt-ölanlaru ekinlar umriga xotima  yasab, har qança totli bölsa-da tiriklikning intihosi muharrar ekanligini uqtirayotganday, foniy dunyo omonatday, yaşaşning qiziği yöqday. Hayotning ikir-çikir taşvişlari, uşalmagan armonlarim, bu dunyoning men javob topolmagan söroqlari, bitirişga ulgurmagan işlarim yuragimni tirnayveradi, köksimdagi qavariqlar simillab oğriydi. Şunday damlarda onam - mehribon, munisgina onamni qattiq qömsayman, beadad azoblarimga yupanç izlab kuz nasimlaridek sarosar kezaman. Şunda... şunda... köz öngimda Siz paydo bölasiz. "Kel bağrimga” deganday nigohingizda söngsiz mehr jilvalanadi. Şunday damlarda Manğit-u Tölqin orasini bir qadam qilib siz tomon yugurgim, xuddi men armon bilan qömsab, soğinib yaşayotganim - onamniki kabi keng, mehrga töluğ bağringizga singib ketgim, to könglim taskin topgunça qolib ketgim keladi. Çunki... çunki... siz juda-juda onamga öxşaysiz. Buni men birinçi sinfga borgan ilk kunim-oq anglagandek böldim.

Bu voqea ehtimol, sizning esingizda ham yöqdir (axir siz men kabi neça-neça öğil-qizlarni birinçi sinfga qabul qilib olib, boşlanğiç taʼlim berib, yuqori sinflarga kuzatib qöygansiz), ammo mening xuddi keçagidek yodimda. Öşa kuni maktab degan qutluğ dargoh salobati bosdimi yo tasodifmi, pişgan ğişt töşalgan (u paytlarda taxta pol qayoqda deysiz) torgina pastak koridordan sinf eşigiga endi kirayotib qoqilib yiqildim. Ikkala tizzam ham şilindi. Qölimdagi onam tuni böyi bejab-naqşlab tikib  bergan quroq papkam içidagi daftar, ruçka, beş-olti dona örik qoqi va şapaloqday nonim har yoqqa soçilib ketdi.

Yiğilgan bolalar gurr kuldi. Xörligim kelsa-da nomus kuçlilik qilib çidadim. Siz tezda kelib meni örnimdan turğizib bağringizga bosib ovutdingiz. Bolalar buyruğingizga köra mening soçilib yotgan narsalarimni yiğiştirib berdi, siz papkamga solib qöydingiz. Keyin yiqilganning ustidan kuliş bemaʼnilik ekanini, endi bunday qilmaslik lozimligini tuşuntirdingiz.

- Endi hammangiz bir sinfda ön yil öqiysizlar. Sinfdoş döst, bir onaning farzandlariday bir-biringizga mehribon böling, - deya uqtirdingiz.

Esingizdadir, sinfimizda 12 öquvçi edik. Heç birimiz gapingizni ikki qilmasdan vazifalarimizni bajarib kelar, darsda töpolon qilmasdik. Bizning nazarimizda sizning topşiriğingizni bajarmaslik mumkin emasdek edi. Bizni şunday bir sehrli, qiziqarli olamga yetaklar edingizki, heç birimiz orqada qolişni istamasdik. Sizning saboq berişingiz ham, ovulimiz şevasini qoraqalpoqçaga aralaştirib gapirişingiz ham (Nukusdan ovulimizga kelin bölib tuşganingizni keyin angladim), orasta kiyinişingiz ham biz uçun bir möʼjizadek edi. Siz esa şu qişloq bolalariga darsimni ötsam böladi-da demasdingiz, bizning hatto uyimizda kimlarimiz bor, nima iş qilişi-yu, darsdan söng nimalar bilan şuğullanişimizgaça qiziqardingiz, yöl-yöriqlar berar, erinmay suhbatlaşardingiz. Qişning ayozli kunlarida darsdan söng tarqalar mahalimiz har birimizning birin-ketin ust kiyimlarimizni kiyişimizga yordamlaşib, römollarimizni yuzimizga tuşirib örab, tugmalarimizni qadab, yuqori sinfda öqiydigan opa-akalarimizga yo qöşnimizga birga olib ketişini tayinlardingiz. 60-yillarning oxirlarida köpçilik oilalar noçor yaşaşar edi-da, bizni kiyintirayotib baʼzan kiyimlarimiz yupunligidan joningiz açib, boşingizni çayqardingiz.

- Kimning opasining yo akasining tor kelib qolgan kiyimi bölsa, uyalmay kiyib kelaveringlar, axir sizlar öz opangizning, akangizning izidan boradigan örinbosarlarisizlar. Muhimi, şamollab kasal bölib qolişdan ehtiyot böliş kerak. Hali katta yigit-qizlar bölib, har biringiz har kasbda işlab, özlaringiz pul topasizlar. Şunda yaxşi-yaxşi kiyimlar olib kiyasizlar.

Sizning yaxşi sözlaringiz taftida uyimizga qanday yetib kelganimizni bilmay qolardik.

Esimda, sinfimizda baland kungurador peç bölardi. Qiş kunlarida maktabimiz farroşi, qorovuli Habiş buva (xudo raxmat qilsin!) ötin yorib berar, siz dars öqitib yurib peçkaga ötin qalar, kelganning ustki kiyimini yeçib olib, isintirib söng joyiga ötirğizardingiz. Qiziq! Endi – hozirlari öylayman. Kommunizm qurayapmiz, deb jar solib yurgan rahbarlar 60-yillar oxirlarida bolalarning şunday ahvoldagi maktablarda ilm olayotganidan uyalişmaganmikan? Tağin bor-yöği 2 ta sinfxonasi bor, har birida 2 ta sinf yaʼni 1-va 3-,2-va 4-sinflar birga dars ötadigan boşlanğiç maktabimiz sirtqi eşigi ustida "Hamma yaxşi narsalar bolalarga” degan yozuv osiğliq turardi. Pastak tomidan sal yomğir yoğsa, çakka ötadigan, bir partada uç-törtovimiz ötirib öqiydigan maktabimizga bu şior nima zaril edi, bilmayman. Biroq biz ertalabdanoq yana maktabga, şirin-suxan, xuşbiçim, fariştamisol gözal va mehribon muallima opamizga bergan topşiriqlarini qanday bajarganimizni körsatişga oşiqardik. Bir oğiz maqtov eşitsak, özimizni osmonda hisoblardik. Çunki siz talabçan ham edingiz-da.

Öşanda qişning qahri ketmagan kunlar edi. Mening yonginamdagi partada ötiradigan Tölğonoy degan qiz (ilohim ruhi şod bölsin!) bir haftagaça darsga kelmay qöydi. Bir kuni siz sinfga xafahol kirib keldingiz. Hammamiz odatdagiday duvv etib örnimizdan turdik. Salomlaşib bölgaç,

- Bolalar, - dedingiz-da xörsinib jim qoldingiz. Nima derkinsiz, deb yuragimizni hovuçlab turibmiz. Keyingi eşitgan gaplarimiz undan-da oğir böldi: - Sinfdoşingiz Tölğonoy olamdan ötibdi. Qanday yaxşi qiz edi. Hali sizlar yillar ötib katta-katta öğil-qizlar bölasizlar. Maktabni tamomlab har biringiz har yoqqa soçilib ketasizlar. Şunday vaqtlarda ham, to umringizning oxirigaça bir-biringiz bilan döst bölib qoling. Orangizdan bevaqt  ketgan Tölğonoyni ham unutmang!

Biz, birinçi sinf bolalari sizning maʼyuslanib aytgan sözlaringizning maʼnosiga yetib-yetmasak-da oq sariqdan kelgan, bizga nisbatan böydor, aʼloçi qiz Tölğonoy endi yöq, biz bilan öqimasligini, biz uni unutmasligimiz kerakligini angladik.

Qiziq! Bir öquvçingiz – yaʼni men sizning har bir sözingizni könglimga şunçalar muhrlagan ekanmanki, mana oradan 45-yilça vaqt ötib hamki, öşa qiz hamon köz öngimda qolib ketgan. Men hozir katta-yu kiçigini beş barmoğimday biladigan ovulimizda Tölğonoy kimning qizi ekanligini hanuz bilmayman, ulğayganimda ham heç suriştirmaganman. Çunki öşa xotiralarni heç buzmasdan, qanday bölsa, şundayligiça eslagim keladi.

Odamzotning tabiati qiziq. Baʼzan toğni urib talqon qilguday qudrat topasan özingda. Tinmay yelib-yuguraverasan. Oylab navbat kutib yotgan işlaringni zumda saranjomlab taşlaysan. Yana "şu işni nega avvalroq qilib qöymadim ekan-a”, deb öylab qöyasan. Baʼzan esa örningdan sal qözğalib qöyiş ham malol keladi. Men qiş kunlarida, ayniqsa, havo rutubatli bölsa şunday holga tuşaman. Oftobli, iliq, yorqin kunlarni xayol qilgança közlarimni yumib yotavergim keladi. Heç kim xalal bermasa deyman. Bolalikdan şunday edim.

Öşa yili, men ikkinçi sinfdaligimda qiş judayam çözilib ketdimi yo mening bolalik tasavvurimga şunday tuyuldimi, hafta böyi quyoş yuz körsatmadi. Bir kuni tunda boşlangan yomğir ertalab biz maktabga kelib darsimizni boşlaganimizda ham tinay demadi. Birimizning partamizga, birimizning ustimizga pöttillab çakka tomadi. Kimning ustidan tomçi ötsa, partasini şifti omon joyga köçirib dars ötayapsiz. Matematika darsi edi. Derazaga çirsillab urilayotgan yomğir xayolimni qoçirdi. Kun yarimlab qolgan bölsa-da bulut qalinligidan sinf nimqoronği. Dars tugab uyga loy keçib ketişimizni öylab dilim badtar xufton böldi. Xayolan qaniydi, hozir birdan ertaklardagidek közimni bir oçib yumsam-da, gullab-yaşnagan bahorda paydo bölib qolsam, deb öyladim. Şu manzarani şunday qömsadim, şunday qömsadim. Va xayolan orzuimga erişdim. Daftarim yuziga beixtiyor yozdim:

Töng qalbimga şodliklar indi,

Bir ajib his tuydim bu nahor.

Meni şöx-şan qarşilar edi –

Tuşlarimda körganim - bahor.

Keyin nima böldi, oradan qança vaqt ötdi, bilmayman.

- Senga aytayapman, tur örningdan, nima  qilib ötiribsan?

Bolalarning gurr kulgusidan bildimki, bu savolni takror (ehtimol uçinçi marta) berayapsiz. Doska yuzida ayqaş-uyqaş misollar, qölingizda bör. Jahlingiz çiqqani şundoq bilinib turibdi.

Örnimdan turdim.

- Nima qilib ötiribsan, deb sörayapman?

Savolingiz yana javobsiz qoldi. Bir-bir odimlab yonimga keldingiz. Hamma  jim. Sizni menga urişadi, deb yurak hovuçlab ötirişibdi. Sekin daftarimni qölingizga oldingiz. Öşa tört qator şeʼrni neça marta öqidingiz, bilmadim, ança turib qoldingiz. Soniyalar şunday oğir, şunday uzun tuyuldiki menga. Sizdan hadeganda sado çiqa qolmasdi. Daftarim qölingizda, joyingizga borib ötirdingiz-da bolalarga uyga vazifa topşirib, qaytişlariga ruxsat berdingiz. Men yuzingizga qaray olmasam-da qölingizdagi matematika daftarim yuzidagi men hozirgina yozgan şeʼrdan nigohingizni uzmayotganingizni sezib turardim. Könglimda bir umr muhrlanib qolgan öşa manzara hozir ham köz öngimda. Men siz tuşuntirgan misollarni köçiriş örniga beixtiyor xayol oğuşida bir zum bahorda yaşaganim-u, bunisi ham mayli-ya, undagi keçinmalarimni matematika daftarim yuziga  (kelib-kelib) tuşirganim uçun özimni yomon his qildim. Sizning koyişingizdan qörqdimmi yo yaxşi iş qilmadim, deb öyladimmi, bilmayman. Derazaga qarab turaverdim. Ezilib yoğayotgan yomğir tomçilari hamon oynaga çirs-çirs uriladi. Osmondan tökilayotgan tomçilar göyo adoğsizday.

- Bahor kunlarida ertalab kun çiqişini heç körganmisan? – nihoyat tilga kirdingiz. – Ufqning ilk qip-qizil şuʼlalari Qoratovning örkaç-örkaç çöqqilariga soçiladi. Osmon şunday tiniq, şunday şaffof körinadi. Men bahorni soğinsam nuqul şu manzara köz öngimda jonlanaveradi.

Bir zum xayol surib turdingiz. Keyin menga doskaga hozirgina işlagan misolingizni qayta tuşuntirib, uyga topşiriq berdingiz.

Öşanda-ku gödak ekanman. Oq-qorani taniganimdan beri ham har gal şu voqea esimga tuşsa, men sizning örningizda bölsam, nima  qilgan  bölardim, deb köp öylayman. Öylayman-u jöyali bir fikrga kelolmayman. Biroq öşa damdagi muomalangiz menga bir umrlik yozişga rağbat bölganligini aniq ayta olaman.

...Bundan uç-tört yil oldin, yangi yil bayrami arafasida tumanimizning bir maktabiga kam taʼminlangan oilalar farzandlariga qişki kiyim tarqatgani borayotgan yuqori taşkilotlar vakillariga hamroh böldim. Guruh rahbari örta yaşar ayol davlatimizning bolalarga ğam-xörliklari haqida, ayniqsa kam taʼminlangan oilalar farzandlariga qaratilayotgan eʼtibor haqida vaʼz aytdi-da, keyin mazkur maktabdan 50 nafar şunday toifadagi öquvçilarga qişki kiyim olib kelişganini misol qilib, ularning familiyalarini aytib çaqira boşladi. Yangi yil bayramiga deb maktab öquvçilari, ota-onalar, öqituvçilar yiğilib turgan ulkan davradan ellik familiya öqilganda ham bir bola menman, deb oldinga çiqmadi.

- Qani, familiyalari öqilgan öquvçilar keling, sovğangizni oling!

Maʼruzaçi ayol hayron bölib goh maktab direktoriga, goh yiğilgan öquvçilarga qaraydi.

Hamma jim.

Bilasizmi, öşa daqiqalarda tomoğimga şunday alamli bir xörlik tiqildiki, nafas olişim oğirlaşib qoldi.

- Qanday oriyatli xalqning farzandlarimiz-a, - deyman içimda bolalarga qarab. Faqat buni ayrimlargina tuşunmaydi. Şu kunni eslasam, 2-sinfda öqib yurganimizdagi bir voqea köz öngimda jonlanaveradi...

...Ertalab maktabimizning yana bir öqituvçisi Otamurod aka (joylari jannatda bölsin, iloyim!) bilan ulkan qop kötarib sinfga kirib keldingiz.

- Bolalar! – dedingiz öyçan, - bilasizlarmi, sizlarning har biringiz har xil oilaning farzandlarisizlar. Har biringizning yaşaş şaroitingiz har xil. Biroq hammangizning yaxşi öqiyotganingiz, odobli bolalar bölib voyaga yetayotganingizdan judayam xursandmiz. Orangizdan yaxşi öqib, uyda rözğor işlariga ham qaraşadiganlarga rahbarlarimiz sovğa yuborişibdi. Keyin qopdan olib sinfimizdagi ovqat pişira oladigan yagona qiz Jumabikaga, suv taşiy oladigan qizga deb Qurbongulga, maktabga eng olisdan qatnaydigan Madrimga, çoy damlay oladigan Xudoyberganga ketma-ket palto kiydirib çiqdingiz. Bundan hammamiz quvondik. Axir biz onasidan erta ajralib qolgan yolğiz qiz Jumabikani, otadan erta qolib, onasiga madad bölişga intiladigan Qurbongulni, uruş nogironi farzandi Madrimni, onasidan gödakligida ajralib yolğiz otasi bilan yaşaydigan Xudoyberganni  hammamiz ham yaxşi körardik, könglini olişga intilardik özimizça.

Agar öşanda siz ham yetimlarga yordam deya qöllariga uşlatib qöya qolganingizda faqat ularning emas, bizning ham dilimiz vayron bölişi tayin edi.

Endi-endi öylasam, siz bizga ustoz, muallimagina emas, haqiqiy ona ham bölgan ekansiz. Nafaqat öquvçilik davrimda to hayotimning şu kunigaça oğir damlarimda doimo yonimda bölasiz. Otamdan, onamdan ayrilganimda, taqdir zarbalaridan bemajol qolganim-da doimo  bağringizga bosib ovutgansiz. Könglida kiri yöq, dali-ğuli sinfdoşimiz Aminni, Gulmirzani, Madrimni bevaqt sönggi yölga kuzatganimizda bizdan ortiq kuydingiz. Yo siz öqitgan hamma öquvçilaringizdan ham bizning sinfimizni yaxşi körarmidingiz? Öz turmuşingiz taşvişlaridan ortib, qöşa-qöşa farzandlaringizdan ortib bizga şunçalar mehrni, fidoyilikni qayerdan olgan ekansiz-a? Öylab qarasam, doimo men sizga suyanibman-u sizning biron taşvişingizga yelka tuta olmabman. Siz haqingizda yozgim kelib talay-talay qoğoz qoraladim,  şuning ham uddasidan çiqolmadim.

Bahor deya eşik oçib, bugun kuz havosiga duç kelganimga ruhim tuşib, bağringizga boşim qöyib taskin olgim kelayapti-yu bunga loyiqmanmi, degan yana bir savol alami dilimni tirnaydi. Bilasizmi, öquvçiligimning ilk yillarida – siz öqitgan damlarda sizdek bölişni juda-juda  orzu qilardim. Hatto tanaffusga çiqqaningizda yugurib borib, izingizni bosib yurardim. Izingiz bosib... izdoş böloldimmi? Bilmayman. Biroq bağringizga talpinaveraman. Çunki siz onamga juda-juda öxşaysiz.

Oygul RAJABOVA.
🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026