“UMID NIHOLLARI” SPORT MUSOBAQASI GʻOLIBLARI


Sportning stol tennis turi boʻyicha Nukus shahrida “Umid nihollari” sport musobaqasining oʻsmir yoshlar oʻrtasidagi final bosqichi oʻtkazildi. Musobaqada tumanimizdagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktabining stol tennis yoʻnalishi yosh sportchilari ham ishtirok etdilar.
Sport maktabida stol tennis boʻyicha murabbiylik qilayotgan Hamida Rajabovadan tennis oʻyini usullarini puxta oʻrgangan yosh sportchilar musobaqada epchillik va abjirliklarini koʻrsatib, “Umid nihollari” sport musobaqasining final bosqichida ishtirok etgan yosh sportchilar Madina Shomurodova faxrli 1-oʻrinni, Jamshid Yusufboyev 2-oʻrinni egallab, gʻoliblikni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldilar.
Musobaqa gʻoliblariga 19-may kuni oʻtkaziladigan sportga bagʻishlangan tadbirda tantanali ravishda Prezident sovgʻalari topshiriladigan boʻldi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶