Qurilişga kredit oliş osonlaşdi
Özbekiston Republikasi Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va quriliş qömitasining qöşma qarori bilan Markazlaşgan moliya manbalari hisobiga töliq tayyor obʼektlar qurişni amalga oşirişda Tijorat banklari tomonidan quriliş pudrat taşkilotlarini kreditlaş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritildi. Bu haqida norma.uz xabar qilmoqda.
Nizomga kiritilgan özgarişlar kredit oliş uçun taqdim etiladigan xujjatlarga oid. Unga muvofiq, endilikda kredit oluvçi taşkilot moliya muassasasiga debitor va kreditor qarzdorlik haqidagi maʼlumotnoma (2a sonli şakl) taqdim etiş zarur emas.
Ayni paytda buxgalterlik balansi (1-sonli şakl), 90 kundan ortiq qarzdorlik mavjudlik haqidagi tekşiruv aktlari, moliya natijalari haqidagi hisobotlarni (2-sonli şakl) taqdim etiş talablari bir oz özgartirişlar kiritilgan holda kuçida qoldi. Endilikda Davlat soliq qömitasi mahalliy organi tomonidan tasdiqlangan eng sönggi hisobot davri böyiça balans nusxasi örniga bankka kredit oluvçi röyxatdan ötgan joydagi davlat soliq inspektsiyasining qabul qilinganlik haqidagi belgisi qöyilgan balans taqdim etiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶