TARIXIY BILIMLARNI BOYITGAN SAYoHAT
Yaqinda biz bir guruh oʻquvchilar ustozlarimiz rahbarligida qadimiy Xiva shahriga sayohatga bordik. Bu sayohat bizning hayotimizdagi unutilmas voqealardan biri boʻlib qoldi, desak aslo yanglishmaymiz. Chunki biz muzey shahar-Xivada kishini hayratda qoldiradigan Pahlavon Mahmud maqbarasini, Shergʻozixon madrasasini, Ichan qalʼa kabi obidalarni koʻrib tarixiy bilimlarimizni boyitdik.
Qadimiy Xiva shahriga qilgan sayohatimiz paytida biz oʻzlarimiz bilmagan koʻpgina maʼlumotlarni toʻplashga muvaffaq boʻldik. Oʻrta asrlarda Xiva allomalar shahri boʻlganligi, bu yerda yirik fan markazlari faoliyat yuritganligi, astronomiya, matematika va tibbiyot rivojlanganligi, buyuk olimlar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolar yashab ijod qilganligi, Shoh Maʼmun ibn Muhammad huzurida oʻrta asrlarning eng buyuk Sharq olimlari ishlab, ular “Maʼmun akademiyasi”ni tashkil etganliklari haqidagi maʼlumotlar bizda faxr va iftixor tuygʻularini kuchaytirdi.
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha maktab direktori oʻrinbosariB. Otajonov va ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi G. Shomurotovalar rahbarligida amalga oshirilgan bu sayohat bizlarda katta taassurot qoldirdi.
Asaloy NORIMMATOVA, 46-sonli maktabda
tashkil etilgan “Muxbirlar posti” aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶