OILALARDA SOGʻLOM MUHITNI YaRATISh, SALBIY HOLATLARNING OLDINI OLISh QAY TARZDA AMALGA OShIRILADI?
Oilalarda sogʻlom turmush tarzining barqaror boʻlishi, oila aʼzolarining oʻzaro ahil va hamjihatlikda yashashiga erishish juda muhimdir. Chunki oilalar tinch, osoyishta yashasa, jamiyatimizda tinch-osoyishtalik taʼminlanadi, dunyoga kelgan farzandlar ham munosib xulqli boʻlib voyaga yetadilar.
Statistik maʼlumotlarga qaraganda, tarbiyasi ogʻir deb roʻyxatga olingan, turli tartib buzarliklar sodir etayotgan voyaga yetmagan bolalarning koʻpchiligi ota-onasi ajrashib ketgan, yaʼni toʻliq boʻlmagan oilalarning, nizoli, notinch oilalarning farzandlari ekan.
Bundan koʻrinib turibdiki, oilalardagi nosogʻlom muhit hatto kelajagimizga ham tahdid solishi mumkin ekan. Bunday holatlarning oldini olishga hissa qoʻshish barchaning, xususan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ham masʼuliyatli burchidir.
Shu yilning 25-aprelida tuman hokimligi majlislar zalida boʻlib oʻtgan “Oilalarda sogʻlom muhitni yaratish, salbiy holatlarning oldini olishda Yarashtirish komissiyalarining oʻrni” mavzusidagi koʻrgazmali oʻquv seminari ana shunday holatlarning oldini olishga qaratildi.
Seminar Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika Kengashining 2018-yil 15-fevraldagi 9-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida 2018-yilda Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar Dasturi” ijrosini taʼminlash doirasida fuqarolarning oilada va mahallalarda tinch-osoyishta, hamjihatlikda yashashiga koʻmaklashish, oilaviy nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, aholi oʻrtasidagi sogʻlom turmush tarzini, milliy va maʼnaviy qadryatlarimizga tayangan holda keng targʻib etish orqali maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga koʻmaklashish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarni oʻrganish hamda bu boradagi ilgʻor tajribalarni ommalashtirish maqsadida oʻtkazildi.
Koʻrgazmali oʻquv seminarni Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi raisi A. Qoʻshayev ochdi va olib bordi.
Tadbirda ishtirok etgan fuqarolar yigʻinlari huzuridagi yarashtirish komissiyalarining raislari va aʼzolari, fuqarolar yigʻinlari xodimlari va faollar Fuqarolarning oʻzini oʻzi oshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisining diniy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Nurilla Jamolov, yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sherzod Ibragimov, “Mahalla” fondi Qoraqalpogʻiston Respublika boʻlimi ijrochi direktori Sharof Oʻtemisovlarning kun tartibidagi mavzuga doir maʼruzalarini tingladilar.
Maʼruzalar yuzasidan savollarga javoblar berildi.
Oʻtkazilgan tadbir oilalarda tinch-osoyishta va hamjihatlikda yashash, sogʻlom turmush tarzi afzalliklarini targʻib etgani bilan ahamiyatli boʻldi.
O. Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶