“Adabiyot shaydolari” – gʻolib boʻldi


Kitob oʻqigan inson oʻz tengdoshlariga nisbatan zukkoliroq va aqlan charxlangan boʻlib voyaga yetadi, uning fikrlash qobilyati ham ancha baland va mazmunli boʻladi. Mangʻit iqtisodiyot kollejining Axbort resurs markazi oʻquv zalida kollejning birinchi bosqich oʻquvchilari orasida “Adabiyotga eʼtibor maʼnaviyatga eʼtibor” deb nomlangan kitobxonlik kechasi tadbiriga oʻquvchi yoshlar oʻzlarining qay darajada kitobxon ekanliklarini namoyon etishdi. Tadbir kollejning yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil qilindi. Unda ishtirokchilar kitob haqida ijodiy yondashuv, kitobxonlikka oid krassvord ishlash, baxru-bayt aytishuvi va sardorlar bellashuvi asosida gʻoliblik uchun kurashdilar. “Yosh kitobxonlar”, “Adabiyot shaydolari”, “Yosh adabiyotshunoslar” jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtgan bellashuvda “Adabiyot shaydolari” jamoasi gʻolib boʻlishdi. Shuningdek “Yosh adabiyotshunoslar” ikkinchi va “Yosh kitobxonlar” jamoasi uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdilar. Gʻolib jamoa aʼzolari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.
Bekzod Ismoilov,
Mangʻit iqtisodiyot kolleji
Yoshlar ittifoqi boshlangʻich
tashkiloti yetakchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶