Yoshlar – “Obod qishloq” dasturining ishtirokchilari
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining tuman Kengashi tomonidan yoshlarning, ayniqsa uyushmagan yoshlarning ish bilan bandligi masalasiga katta eʼtibor berilmoqda.
Tashkilot tashabbusi bilan tumanimizdagi 2 ta hududda amalga oshirilayotgan “Obod qishloq” dasturi doirasidagi qurilish va obodonlashtirish ishlariga uyushmagan yoshlar shartnoma asosida jalb qilinmoqda.
Oʻtgan davr mobaynida 90 nafarga yaqin yoshlar Nazarxon ovulida “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga shartnoma asosida jalb qilindi. Shuningdek, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengashi, tuman IIB va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish oʻrginlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi bilan hamkorlikda jazoni ijro etish muassasasidan qaytib kelgan 2 nafar yoshlar ham Nazarxon ovulidagi qurilish tashkilotlaridan biriga mavsumiy ishga joylashdi.
Yoshlar oʻzlarining kuch-gʻayrati va shijoati bilan qishloqlarimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshmoqdalar.
Jasurbek DAVLETOV, Yoshlar ittifoqi tuman
Kengashi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶