Boʻlgʻusi fermerlar uchun mahorat darslari tashkil qilindi
1-may kuni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengashi tashabbusi bilan yosh fermerlar va qishloq xoʻjaligi sohasida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan uyushmagan yoshlar uchun “Xolimbeg” ovulida mahorat darslari tashkil qilindi.
Mahorat darslari “Barchasi yosh fermerlar istiqboli uchun” tamoyili asosida oʻtkazilib, unda tajribali fermerlar, yosh tadbirkorlar va qishloq xoʻjaligi sohasida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan uyushmagan yoshlar vakillari ishtirok etdi.
Mahorat darslari doirasida 42 nafar uyushmagan yoshlarga tajribali fermerlardan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Bundan tashqari, oʻquv semenaridan keyin ishtirokchilar dala amaliy mashgʻulotlarida ham ishtirok etib, oʻz bilim va tajribalarini boyitdilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶