YuKSAK XIRMON – FIDOYI MEHNATLAR SAMARASI
2013-yilning 29-sentyabr sanasi tumanimiz hayotida quvonçli kun böldi. Paxtakorlarimiz 33 ming 50 tonnadan ziyod yuksak xirmon bunyod etib, katta mehnat ğala-basini qölga kiritdilar. Dehqonlarimizning yil davomidagi fidokorona mehnatlari hamda butun xalqimizning bir yoqadan boş çiqarib qilgan saʼy-harakatlari evaziga qölga kiritilgan bu ulkan zafar bugun har bir ovul va mahalla, har bir xonadon va hatto har bir dalada öziga xos kötarinki ruhda nişonlanmoqda.
Bugungi mehnat zafariga asos bölgan omil va mezonlar haqida gapirganda, avvalo, yurtimizda muhtaram Yurtboşimiz rahbarligida istiqlolning ilk yillarida boşlangan agrar sohadagi çuqur islohotlar, taraqqiy topgan davlatlar tajribasida özini har tomonlama oqlagan fermerlik harakatiga ötiş, soha rivoji uçun barça taşkiliy-huquqiy va moliyaviy şart-şaroitlar yaratiş kabi amaliy işlar bugun özining mevasini berayotganini eʼtirof etiş joiz.
Bundan olti yil oldin boşlagan suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş dasturi doirasida birgina joriy yilda tumanimiz böyiça 3,2 milliard söm mablağ sarflanib, yerlarimizning hosildorlik darajasi oşişiga zamin yaratilgani, selektsiya masalasiga eʼtibor qaratilib, mutaxassislar va olimlarimizning amaliy yordami natijasida hududimizning iqlim va tuproq şaroitiga mos bölgan yangi navlar ekilgani, ğöza parvarişida zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanilib, ilğor agrotexnologiyalar amaliyotga joriy qilingani dehqonlarimizning qölini uzun qildi.
Qişloq xöjaligi sohasi yuqori unumli texnika va agregatlar bilan taʼminlanib, yonilği-moylaş materiallarining yetarli miqdordagi zahirasi yaratilgani, mavsum davomida 3,5 ming tonnadan ortiq yonilği-moylaş materiallarining dala boşlariga keltirib berilişi texnika va mexanizmlarning uzluksiz işlaşini taʼminlaş orqali iş unumdorligini oşirişga hissa qöşdi.
Eng asosiysi, yer unumdorligini oşiriş maqsadida tuproqqa organik va mineral öğitlar bilan agrotexnika talablari darajasida işlov berildi. Bu boradagi işlarning öz vaqtida va sifatli bajarilib, ğöza nihollariga karbamid yordamida 3-marta suspenziya sepilgani, ğöza qator oralariga işlov beriş jarayonida tumanimiz böyiça jami 3955,2 tonna azotli, 758,6 tonna fosforli va 235,8 tonna kaliyli mineral öğitlar berilgani, hamda dalalarning har gektariga 10 tonnadan mahalliy öğit çiqarilgani hosildorlikning oşişiga katta turtki böldi.
Bu yil ob-havoning zararkunanda va haşarotlar uçun qulay kelişi yetiştirilayotgan hosilga xavf tuğiliş ehtimolini oşirdi. Joylarda faoliyat yuritayotgan 16 ta biolaboratoriyalardagi tajribali mutaxassislarning xizmatlari tufayli bu xavflar bartaraf qilinib, möl hosil yaratildi.
Defoliatsiya işlarining öz vaqtida va sifatli ötkazilgani kösaklarning barvaqt oçilişini taʼminlab, davlatga paxta sotiş böyiça şartnomaviy rejani qisqa muddatlarda - 18 iş kunida bajariş imkonini berdi.
Joriy yiğim-terim mavsumiga puxta hozirlik körilib, 261 ta terim otryadlari taşkil etilgani, yiğim-terim işlariga jalb qilingan korxona, muassasa va taşkilotlarning 1540 nafar işçi-xizmatçilari, litsey va kollejlarning 5080 nafardan ortiq öquvçilari, ovul va mahallalarning 14594 nafardan ortiq uyuşmagan aholisi, fermer xöjaliklarining 10472 nafardan ortiq işçilari, Ajiniyoz nomidagi NDPIning 4000 nafar talabalaridan iborat jami 35686 nafar terimçilarning oğzibirçilikda qilgan mehnati samarasi sifatida bugungi yuksak xirmon yaratildi.
Har bir otryadga xizmat körsatiş uçun transport vositalari ajratilib, tibbiyot, bank va savdo xodimlari biriktirilgani, terimçilarga iş haqi har beş kunda bevosita dalaning özida tarqatilib, haşarçilarning dam oliş paytlarida madaniy tadbirlar va köçma savdo dökonlari taşkil qilingani terimçilarni yanada ğayrat-şijoat bilan işlaşga çorladi.
Ana şu birdamlikdagi mehnat va tizimli faoliyat natijasida tumanimiz paxtakorlari mamlakatimizda birinçilardan bölib davlatga paxta sotiş böyiça şartnomaviy rejasini bajardilar.
Bugungi zafarli lahzalarda davlatga paxta sotiş böyiça şartnomaviy rejalarini ortiği bilan bajarib, möl hosildorlikka erişgan "Örta qalʼa” ovulidagi "Yusuf xöja”, "Xöjaniyozov Otajon”, "Ram Haytimbat”, "Qiliçboy” ovulidagi "Rajabov Omonboy”, "Dörman” ovulidagi "Örazboyev Uluğbek”, "Beşboyev Qurbonğali”, "Kamoliddin Bekniyoz”, Bobur nomli ovuldagi "Umid-Azimxöja”, "Çoyköl” ovulidagi "Yuldoşev Anvar”, "Qipçoq” ovulidagi "Tursunboyeva Umida”, "Tölqin” ovulidagi "Amu sohili”, "Böz yop” ovulidagi "Aytboy Otaxon”, "Xolimbeg” ovulidagi "Usta Ollayor”, A.Temur nomli ovuldagi "Örozboyev Allambergan” va boşqa köplab fermer xöjaliklarini kiritiş mumkin. Muhimi, tumanimizda paxta hosildorligi yil sayin oşib bormoqda. Ötgan yili har gektardan 40 tsentnerdan oşirib hosil olgan fermer xöjaliklari soni 26 ta bölsa, bu yil ularning safi 54 taga yetişi kutilmoqda.
Mavsum davomida fermerlarga amaliy yordam berib, ularning oğirini yengil qilgan Yöldoş Örozboyev nomli, "Turkmaniston”, "Qipçoq”, "Manğit”, "Qiliçboy”, "Toşyo yop” va "Döstlik” muqobil maşina-traktor parklarini fermer xöjaliklariga xizmat körsatuvçi ilğor MMTPlar sifatida tilga oliş örinlidir.
Eng muhimi, terilgan paxta hosili töliq yuqori navlarga topşirildi va uni davlatga sotişdan olingan daromad 34 milliard sömga yaqinlaşdi. Şu kungaça 7 milliard sömga yaqin naqd pul mablağlarining terim puli sifatida berilişi paxtakorlarning moddiy manfaatdorligini oşirdi.
Paxta – kafolatlangan byudjet demakdir. "Obod turmuş yili”da bunyod etilgan "oq oltin” xirmonidan keladigan daromadlar evaziga kelgusida şahar va qişloqlarimizda yangi-yangi taʼlim va tibbiyot maskanlari, namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylar, ijtimoiy-madaniy binolar va ijtimoiy infratuzilma obʼektlari qurilişi, ulardan kelajagimiz egalari bölmiş yoşlar va bunyodkor xalqimiz foydalanişi, bu mablağlar turmuşimizning obod, hayotimizning farovon bölişiga katta hissa bölib qöşilişi dehqonlarimizning öz kasbidan faxrlaniş tuyğularini yanada oşiradi.
Şartnomaviy reja - çegara emas. Hali dalalarimizda hosil möl. Paxtakorlarimiz "oq oltin”ning bir misqolini ham dalada qoldirmay, yiğib-terib olib, tumanimizning paxta xirmonini 43 ming tonnaga, hosildorlikni gektaridan salkam 27 tsentnerga yetkaziş yölida mehnat qilmoqdalar. Fursatdan foydalanib, öz muvaffaqiyatini yurt nomi bilan boğlaydigan, mehnat maydonidagi har bir zafarini elning yutuği deb hisoblaydigan dehqonlarimizni, paxtakorlarga madad bölayotgan haşarçilarni va butun tumanimiz ahlini bugungi yuksak xirmon bilan tabriklayman.
Xirmoningizga baraka, aziz paxtakorlar!
Rajabboy Yöldoşev,
tuman hokimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶