BOBOM DOIM XOTIRAMIZDA
Mana Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaga 73-yil toʻlayapti. Bu gʻalabaga koʻplar qatori mening buvam, Quvvatboy Toʻraboyev ham munosib ulush qoʻshgan.
Buvamning urushdagi faoliyatiga doir hujjatlari, qator medallarini ulgʻayganimda koʻrib, anglab, shunday insonning nevarasi ekanimdan faxrlanib yuradigan boʻldim.
Buvam vafot etganlarida men kichkina edim. Biroq suyub-erkalab, ertaklar aytib berganlarini, odobli, xushmuomala, chaqqon boʻlishni nasihat qilganlarini yaxshi eslayman. Va yana bobomning bir oyogʻi oqsoqlanib yurishlari ham hamon koʻz oʻngimda. Keyinchalik bilsam, bobom urushda yarador boʻlgan ekanlar. Afsus, hozir bobom oramizda yoʻq. Xotira va qadrlash kuni nishonlanayotgan shu kunlarda oʻrni juda bilinayapti. Bobomning xotirasi doimo yodimizda.
Ziyoda QUVVATOVA, “Uyshin” mahallasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶