12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 23:55
Maqolalar 👁 3,774

Hojiboy Tojiboyevning örni bilinyapti...

Hojiboy Tojiboyevning örni bilinyapti...

Şunday qiziqçilar borki, biz ularning turli mavzulardagi çiqişlarini tinglab, bir muddat turmuş taşvişlaridan çalğiymiz. Ularni köça-kuyda körib qolsak ham yuzimizga tabassum yuguradi.

 Ammo bir töyda beş-ön daqiqa davomida mehmonlar diqqatini jalb etib, özlarini sanʼatkor madaniyatiga xos bölmagan tarzda tutayotgan ayrim qiziqçilarimizning (agar ularni qiziqçi deb ataş mumkin bölsa) mehmonlarni kuldirişdan köra, aksinça ğaşiga tegayotganligi haqida tanqidiy fikrlarning tuğilişiga sabab bölmoqda...   

"Haqorat ham hazilmi endi...”

Şunday ekan, töylarda körganlarimni biroz örab-çirmab, qahramonlarimning ism-şarifini oşkor etmay (gap egasini topadi) qoğozga tuşirişga qaror qildim.  Töy xizmatiga vaqtidan yarim soatlar çamasi ilgariroq kelgan sanʼatkor avvaliga mezbonlar bilan restoranning boşqa xonasida otamlaşgani kirib ketdi. (Restoran töla mehmon köz öngida qadah uriştiriş noqulay-da...)
Xonandalar raqsbop qöşiqlarni kuylab bölganidan söng, töy boşlovçisi qiziqçimizni tantanavor ravişda eʼlon qildi va davraga çorladi. Eʼtiborlisi, u avvaliga hali xizmat qilmay turib, peşonasidan oqayotgan terni artgança, oyoqlari çalkaşib, şoşa-pişa töyxonaga kirib keldi...
Bu holatni hatto davrada ötirgan mehmonlar ham sezgandek böldi. Kamiga xizmatni yangi mavzulardan topib tayyorgarlik körib kelmagan, hamma töylarda aytilaverib siyqasi çiqib ketgan, aniqroği baçkana gaplardan boşladi. Uning zör berib aytayotgan hazillari zerikarliligidan kişini qitiqlab kuldirmoqçi bölayotgandek taassurot uyğotardi. Nihoyat, tomoşabin zerikib, kulmayotganligini özi ham sezgan qiziqçimiz, kulgunining "özi kabilar” yaratgan qoidalari —  "masxaralaş”ga ötib, ayrim sanʼatkorlarning "pakana”ligigaça "nişon”ga oldi. Uning bugungi kungaça öz mumtoz qöşiqlari bilan xalq hurmatiga sazovor bölib kelgan bir yoşi uluğ sanʼatkorni tap tortmasdan — "uning közi kör-ku” degan gaplarini tinglaganda esa, quloqlarimga işonmadim.
Tasavvur qilyapsizmi, sanʼatkor öz hamkasbini masxara qiliş barobarida uning şaxsiyatiga tegiş orqali, odamlarni kuldirmoqçi bölyapti. Qani endi şu vaziyatda "masxaralaşdan avval xuddi şu ustoz sanʼatkordek öz ijodingizni qoyillatib qöying” deydigan odam topilsa. Şunday qilib, ayni paytda köpçilikning diqqat markazida bölib kelayotgan bu qiziqçi özining sanʼatkor madaniyatiga zid bölgan qirralarini ana şu tarzda oçib kelmoqda...
Qolaversa, uşbu jarayonni kuzata turib,  "Közi ojiz bölsa ham, öşa sanʼatkorga Alloh bulbuldek yoqimli ovozu, ohanrabodek isteʼdod berib qöyibdi. Siz-çi, bisotingizda davra töla muxlis könglini ovlar darajada birorta kulguli gapingiz bölmasa-da, daftaringizni töy sanalariga töldiriş bilan ovorasiz-a” degimiz keldi!  

Xullas, beş-oltita töyda qiziqçimizning kamsitiş, masxara aralaş aytgan baçkana gaplarni gapirib, odamlarni kuldirişga harakat qilganligiga öz közlarim bilan körib va quloqlarim bilan eşitib guvoh böldim.
Qiziği, odamlar kulsa ham mayli edi, uning baçkanaligidan ensasi qotgan muxlislar qiyofasida "şöring qursin,  sanʼatkor emiş-a” degan mazmunni ilğab oliş muşkul emas.   Tan oliş kerak, qiziqçi  Sardor Rahimxon ijrosidagi "Arazingiz oçilmaydi” qöşiğini "Qovoğingiz oçilmaydi” deya kulgili tarzda kuylab, xalqni uç-tört daqiqalarça öziga jalb eta oladi. Ammo  bu qöşiq ham deyarli barça töylarda kuylanaverib "siyqa”si çiqib ketgan...

"Ğunajin közini suzmasa...”

Ayni paytda töylarda ommalaşgan yana bir yoş  ijodiy guruhlardan biri esa, (qahramonlarimiz uşbu maqolani öqib özlariga tegişli xulosa çiqarib olişar degan umidda ularning ism-şariflari va guruh nomlarini sir tutdik ) xuddi söz topolmagandek, özbek xalq maqollarini buzib, namoyiş etiş, sözlarni qinğir maʼnoga burib gapirişga jazm etişni öziga kasb qilibdi. Yaʼni, ularning xizmatlarida heç bir istiholasiz — "Ğunajin közini suzmasa, buqa "odno”ga kirmaydi”, "Eru xotin naq hökiz”, "Kelinni kelganda kör, qolganini keyin aytasan...” kabi gaplaridan qanday maʼno izlaşni bilmaysan.

Qisqasi, vazifasi ayni kundagi dolzarb mavzularni yengil tanqid ostiga olib, uni kulgu yönalişida taqdim etiş bölgan qiziqçilarimiz tanlagan kasblari mohiyatini "masxarabozlik” bilan almaştirib qöyişdi.

Beparda sözlardan foydalanib, hazillari töyda ötirgan yoşu qariga qanday taʼsir ötkazişi mumkinligini umuman inobatga olişmayapti. Lekin biz milliy mentalitetimizga zid holda oçiqdan oçiq er-xotin orasidagi munosabatlardan tortib, tananing barça aʼzolarigaça qiziqçilar uçun mavzu bölganini qalamga olişga rosti gap, hijolat tortamiz. Davralarda "pardasiz” gap-sözlarni tinglab, yoşlar kattalar yonida duv qizarsa, kattalar esa, yoşlar yonida noqulay ahvolga tuşib qolişyapti.

Kişi ğaşiga tegayotgan  holatlardan yana biri — yoşlarning sevimli xonandalariga aylanib  ulgurgan "Ummon” guruhining omadi kelib, maşhurlik pillapoyalaridan kötarilib borayotgani, göyo yuqorida tilga olinayotgan qiziqçilarimizga "malol kelayotgandek”... Ular har gaplari orasida albatta, "Ummon”ni kalaka qilib ötmasa köngillari tinçimaydi. Albatta, bu bilan "Ummon” guruhi har qanday kamçiliklardan xoli demoqçi emasmiz. Biroq... estrada olamida ijod qilib kelayotgan boşqa sanʼatkorlarning kamçiligi ham yetarli emasmi?

Hojiboy Tojiboyevning örni bilinyapti...

Aslida heç bir qiziqçining biror bir sanʼatkor yoki xalqni masxara qiliş, şaxsiyatiga tegib, kamsitişga haqqi yöq! Alohida taʼkidlab ötiş joizki, sanʼatkorlar tomonidan yaratilayotgan har bir ijod namunasi ijtimoiylik tamoyillariga asoslanib yaratilişi, odob-axloq meʼyorlariga töla javob berişi, özida ezgulik va insonparvarlik tuşunçalarini singdiriş barobarida, madaniy hordiq va estetik zavq bera olişi kerak.

Nafaqat aktyor yoki xonanda, balki, qiziqçilar ham yaratayotgan  ijod namunalaridan birinçi bölib özlari mantiq izlaşlari, "men bu gapim bilan nima demoqçiman?” degan savolga javob topişlari kerak emasmi?

Avvalari özbek qiziqçilik sanʼatida kulgi ustalari juda köp bölgan. Bu insonlar yigirmançi asrda özbek qiziqçiligini alohida sanʼat maktabi darajasiga kötarişgan. Ular orasida Yusufjon qiziq, Oxunjon qiziq, Aka Buxor, Soyibjon qiziq, Muhiddin Darveşov, Abdulhay Maxsum, Sadriddin Ziyovuddinov, Zaynobiddin qiziq, Madaminjon qiziq, Ergaş Karimov, Hasan Yöldoşev, Husan Şaripov, Rustam Hamroqulovlarning alohida örni bor.

Ötgan asrning oxirlaridan  özbek qiziqçilik maktabiga Hojiboy Tojiboyev, Obid Asomov, Mirza Xolmedov, Şukurullo Isroilov, Valijon Şamsiyev, Abdulla Akbarov  kabi ijodkorlar kirib kelib, ular qiziqçilik sohasiga zamon talabidan kelib çiqqan holda öz yondoşuvlari bilan alohida yangilik kiritib kelayotgan edilar. Ammo ularning  ayrimlarining ijodida mantiq yöqolib borayotgani kişini öylantirib qöymoqda... 

Alohida aytib ötiş joiz, öz ijodi bilan nafaqat qiziqçilar orasida, balki xalq orasida katta hurmat qozongan Hojiboy Tojiboyevning hazillari şogirdlari tomonidan aytilib, hali-hamon yaşab kelmoqda.  Zero, tadbir yoki töy xizmatlariga borgan Hojiboy Tojiboyev ustozlari iştirok etgan xizmatlarda ham faol bölib, ular ijodini muntazam ravişda kuzatib borgan, ular bilan hamnafas bölgan. Öşa zamonda dolzarb sanalgan bölsa-da, bugungi kungaça qadri ölmagan umrboqiy ijod namunalarini yaratib ketdi u...

Kuldirsangiz ham, kuydirmang!

Bugun uning zamondoşlaridan Abdulla Akbarov, Ortiq Sultonov, Zokir Oçildiyev, Xudoyberdi Ziyodov, Sohib Mamasoliyev kabi qiziqçilarimizdan tortib, "Qahqaha”,”Handalak”, "Mirza” teatrlarigaça harqalay ozmi-köpmi, xalq könglidan joy olişga urinib kelyapti desak xato bölmaydi.

Kamçiliklar haqida gap ketganda esa, masalaning yeçimini qanday topiş mumkin, degan savol kişini öylantiradi.  Zero, yuqoridagi qinğir, behayo hazillar sabab, yoşlarning muloqot vaqtida ham aynan qiziqçilarga taqlid qilgan holda  andişasizlik qilayotganliklari, aksariyat yoşlar töğri gapni ham egri qabul qilişi holatlari bekorga uçramayapti.

Hozirgi kunda unçalik ahamiyat berilmayotgan yana bir haqiqat - qiziqçilarimiz faqat tadbirlargagina jiddiy tayyorgarlik körişadi. Töy xizmatlarida esa, har gal siyqasi çiqqan "eski plastika”ni aylantiraverişdan çarçaşmaydi. Qiziqçilik sohasi vakillari töy xizmatlarida iştirok etayotgan sanʼat şinavandalarining didi, talabi va istaklari bilan nega hisoblaşişmayapti? Uşbu savol bilan ayni paytda töy va tadbirlarda "ommabop” bölgan qiziqçilarimizning biriga yuzlanganimizda u "Davlat tadbirlariga jiddiyroq tayyorgarlik körişimizning sababi, zalga yuksak didli, farosatli, sanʼatni tuşunadigan muxlislar taşrif buyurişadi. Töyga keladigan mehmonlar esa, bundan mustasno” deya ikkilanmay bergan javob berdi. Bu javobdan qalqib tuşdim.

Mana gap qayerda! Demak, qiziqçi bu gapi bilan töyga taşrif buyuradigan mehmonlar sanʼat nimaligini tuşunmaydi, ularni boplab laqillatsak böladi demoqçi... Oçiğini aytadigan bölsak, ular şu tariqa "köz boğloğiç”lik usulidan ustalik bilan foydalanişmoqda. Odamlar esa, borgan sari bu açinarli holga könikib, ijod qiluvçi "kulgu ustalari”dan biror maʼniliroq gap kutmay qöyişyapti... Aniqroği, ularning töyga şunçaki kelib-ketişlari  bir obrödek... Lönda qilib aytsak, "arzon va tuzsiz şörva” lar uçun çöntaklar qoqilyapti xolos.

Qiziq, nahotki, sanʼatkorlarning şu tariqa pul topişi, tirikçilik qilişi töğri bölsa? Yoki ular öz sanʼatkorlik madaniyati va yaratayotgan ijodi bilan xalqni öziga ergaştirişi mumkinligi, ijod mohiyati asosan xalqqa beminnat va xolis xizmat qilişga qaratilgan bölişi kerakligini bilişmaydimi?

Umidimiz şuki, uşbu maqolada aytilgan aççiq gaplar albatta egasini topadi va "sahifamiz nişoni”dagilar yuqoridagi fikrlarimizni töğri maʼnoda qabul qilib, tegişliça  xulosa çiqaradilar.

Mohiçehra EŞMIRZAYeVA

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026