KUYuK KÖPIP OVULIDA XALQ KUTUBXONASI IŞ BOŞLADI (+video)
Aholini, ayniqsa, yoşlarni kitob öqişga keng jalb qiliş, mutolaa madaniyatini oşiriş bugungi kunda davlatimiz siyosati darajasiga kötarilgani bejiz emas. Çunki kitob mutolaasi yoşlarning dunyoqaraşini kengaytiradi, zehnini östiradi, öz kelajagini töğri belgilay olişiga yordam beradi, har qanday maʼnaviy tahdidlardan asraydi.
Yoşlar orasida kitobxonlik ommaviyligi oşişiga hissa qöşiş maqsadida Amudaryo televideniyesi tahririyati amalga oşirayotgan “Odobli bola – el körki” deb nomlangan grant loyihasi rejasida Kuyuk köpir OFY mahalla guzarida kutubxona taşkil qiliş rejalaştirilgan edi.

Şu yilning 14-may kuni rejaga muvofiq uşbu OFYda kutubxona işga tuşirilişi bayram tusini oldi. Tadbirga OFY masʼul xodimlari, ovul nuroniylari, öqituvçilar, öquvçilar taşrif buyurişdi. Ixçam, zamonaviy uslubda taʼmirlangan möʼjaz xonada javonlarga taxlangan 1000 ga yaqin nusxadagi badiiy kitoblar ovulning katta-yu kiçigini çeksiz quvontirdi. Kutubxonaga “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati va “Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan ham kitoblar sovğa qilindi.

Xalq kutubxonasi deya nomlangan ziyo maskanining oçiliş marosimida tuman hokimi S.Yöldoşev iştirok etdi va ovul aholisini qizğin qutladi. Tuman hokimi kutubxonaning kitob fondini yanada boyitişga hokimlik yordam berişini, şu yil yozgi taʼtil paytida ovuldagi 19-sonli maktabning 2 nafar kitobxon yoşlari homiylar yordami bilan Toşkent şahridagi kitob dökonlari va naşriyotlarga yuborilişini maʼlum qildi. Ular maktab öquvçilari va ovul yoşlari buyurtma qilgan eng sara kitoblarni tanlab, kutubxonaga olib keladilar.

Ovul imomi Habibullo Eşimbetov, taʼlim faxriysi Maryam Nurekeşovalar kutubxona ovul yoşlarining kamoliga xizmat qilişini tilab duo qildilar. Tumanimiz hokimi nuroniylar iştirokida ramziy tasmani qirqib, kutubxonani oçib berdi.

Xalq kutubxonasi faoliyatini OFY raisining jamoatçilik asosida işlovçi keksalar va faxriylar işlari böyiça maslahatçisi Qurbonboy Soburov yuritadi. “Taraqqiyot közgusi” tahririyati tomonidan kutubxonaga zamonaviy kompyuter sovğa qilindi.

Kutubxona ovul yoşlarining maʼnaviyatini yuksaltirişga, uyuşmagan yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlariga va hududda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxşilaşga xizmat qilişi şubhasiz.

O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶