KAM TAʼMINLANGAN OILALARGA 8 MING DONA JOʻJA TARQATILDI
Aholi farovonligini yanada oshirish hamda kam taʼminlangan oilalar turmush tarzi yaxshilanishiga koʻmaklashish maqsadida davlatimiz tomonidan koʻp imkoniyatlar yaratilmoqda. Kam taʼminlangan oilalarga tijorat banklari tomonidan kam foizli kreditlar ajratilib, ularning oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishlariga koʻmaklashilib, bandligi taʼminlanmoqda.
Yaqinda tuman xokimligi tashabbusi bilan yana bir xayrli ishga qoʻl urildi. Tuman prokuraturasi, Ichki ishlar boʻlimi, Davlat soliq inspektsiyasi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi, fermer dexqon xoʻjaligi va tomorqa egalari Kengashi kabi qator tashkilotlar hamkorligida tumandagi kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadidagi navbatdagi tadbir amalga oshirildi.
Tuman xokimligi hisobidan 20 million soʻm pul ajratilib, ovul va mahallalardagi 320 ta kam taʼminlangan oilalarga 8 ming dona joʻja tarqatildi. Ularni xonadonma-xonadon tarqatish jarayonlarida 4 ta sektor rahbarlari ham ishtirok etdilar.
Ovul va mahallalar ahliga parrandachilik bilan shugʻullanishdan tashqari, tomorqalaridan unumli foydalanish boʻyicha ham tavsiyalar berildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶