“Qiziqarli matematika” tadbiri haqiqatdan ham qiziqarli oʻtdi


Matematika – barcha fanlarning kalitidir. Moʻjizakor bu fan kirib bormagan bironta ham soha yoʻq. Tumanimizdagi 16-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabining matematika faniga ixtisoslashtirilgan 2-“v” sinfida boʻlib oʻtgan “Qiziqarli matematika” deb nomlangan tadbirda oʻquvchilar matematik amallar, raqamlar, tenglamalarning ham nasriy, ham sheʼriy ifodalarini aytib berishib, buni amalda koʻrsata oldilar.
Tadbirda bolalar bir-birlariga matematik savollar berishdi, savollarga javoblarni sheʼriy ifoda etishdi. Shuningdek, matematika fanining hayotdagi oʻrni haqida misollar keltirishib, oʻz harakatlari bilan ifodalab berishdi.
“Qiziqarli matematika ” tadbiri haqiqatdan ham juda qiziqarli oʻtdi, – deydi 2-“v” sinf rahbari Shahnoza Qilicheva. – Bunday tadbirlarni bemalol noanʼanaviy dars turkumiga kiritish mumkin. Chunki bolalar matematik amallarni oʻz hayotlari bilan bogʻliq tarzda bajaradilar. Chunki har bir raqam va tenglamalarni yechishda kundalik hayotda oʻzlari oʻynaydigan oʻyinlarga murojat etiladi. Matematik amallarning sheʼriy talqini esa ularning fikrini charxlab, bu boradagi bilimlarini mustahkamlaydi.
Tadbir yakunida eng faol va bilimdon oʻquvchilar maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
P. Yoʻldosheva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶