16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:00
Jamiyat 👁 1,292

QIPChOQ ShAHARChASI OBOD VA FAROVON GOʻShAGA AYLANADI

QIPChOQ ShAHARChASI OBOD VA FAROVON GOʻShAGA AYLANADI

Obodonlashtirish va bunyodkorlik tuygʻusi – xalqimiz uchun maʼnaviy meros

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 29-martda qabul qilingan “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari xalqimiz, ayniqsa, qishloq aholisining qalbiga yanada joʻshqinlik bagʻishladi.

2018-yil 29-martda qabul qilingan “Obod qishloq” dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5386-sonli Farmoni hamda “Obod qishloq” dasturini 2018-yilda amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3630-sonli Qaroriga asosan tumanimizdagi “Nazarxon” ovuli hamda Qipchoq shaharchasi “Obod qishloq” dasturiga kiritilib, ushbu qaror ijrosi yuzasidan tuman hokimining 2018-yil 2-aprel sanasida 261-sonli qarori qabul qilindi.

Tuman hokimining mazkur qaroriga muvofiq dasturning 2018-yil uchun moʻljallangan maqsadli parametrlari hamda dastur doirasida 2018-yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining asosiy koʻrsatkichlari, qurilish va obodonlashtirish ishlarining moliyaviy koʻrsatkichlari bilan birga Dasturni amalga oshirish uchun tuman hokimligi huzuridagi maxsus shtab tarkibi hamda tuman komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan Qipchoq shaharchasida qanday ishlar amalga oshiriladi?

Ijodiy guruhimiz bilan Qipchoq shaharchasida boʻlib, bu yerda dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdik.

Qipchoq shaharchasi tumanimizning shimoliy kirish darvozasi hisoblanadi. Amudaryo sohili boʻylab joylashgan 491 ta xonadonda 2951 nafar aholi istiqomat qiladi. “Obod qishloq” dasturiga koʻra, hududdagi 200 ta xonadonni taʼmirlash va atroflarini obodonlashtirish rejalashtirilgan. Shuningdek, hududdagi yangidan qurilgan turar joylarni elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida 2,9 km. uzunlikdagi elektr tarmoqlari qurilib, eskirib, oʻz muddatini oʻtab boʻlgan 33,2 km. uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari modernizatsiya qilinadi. Quvvati 10-6 kV boʻlgan 1 ta transformator punkti yangidan oʻrnatilib, 5 ta transformator punkti taʼmirlanadi.

Aholi xonadonlarini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash maqsadida 137 dona suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish, 75 tonna koʻmir hamda koʻmir-briket mahsulotlari bilan taʼminlash, 5,54 km. uzunlikdagi qishloq avtomobil yoʻllarini joriy taʼmirlash, aholiga sifatli transport xizmati koʻrsatish hamda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida 1 ta zamonaviy bekat tashkil etish, hududdagi mavjud 20 ta savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarini taʼmirlash rejalashtirilgan.

Aholining toza ichimlik suvga boʻlgan ehtiyojini hisobga olgan holda, Qipchoq shaharcha fuqarolar yigʻini hududida 2 ta tozalangan ichimlik suvi sotish shoxobchasini qurish rejalashtirilgan boʻlib, hozirgi kunda qurilish uchun yer maydonlari ajratildi va loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib, 350 mln. soʻm mablagʻ yoʻnaltirish rejalashtirildi. Mazkur bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish uchun 350 mln. soʻm mablagʻ sarflanadi va qurilish-bunyodkorlik ishlari pudratchi tashkilot “Mangʻitservis” MChJ tomonidan amalga oshiriladi.

Aholining yashash joylari ham taʼmirlanadi va obodonlashtiriladi

“Obod qishloq” dasturiga koʻra, Qipchoq ShFY Yoshlar koʻchasida joylashgan 1 ta koʻp qavatli uy atrofi ham obodonlashtirilib, taʼmirlanadi. “Amudaryo bino taʼmir” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tasarrufidagi mazkur koʻp qavatli uyda 16 ta xonadon mavjud boʻlib, ayni paytda jiddiy taʼmirga muhtoj. Bu yerdagi obodonlashtirish va taʼmirlash ishlariga “Jumurtov tex-taʼmir servis” MChJ korxonasi masʼul qilib biriktirilgan boʻlib, ayni paytda mazkur koʻp qavatli turar joy atrofidagi noqonuniy qurilishlarni buzish va obodonlashtirish ishlari yakunlandi. Uyning tom qismini yangidan profnastil bilan taʼmirlash hamda fasad qismini koʻrkam qiyofaga keltirish ishlari yakuniy bosqichda davom ettirilmoqda. Bu ishlar uchun 163 mln. soʻm mablagʻ sarflanadi.

Bundan tashqari, aholi uy-joylarining fasad qismlarini taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari aholining oʻz tashabbuslari bilan jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

Hududdagi MTM va oʻquv muassasalarida keng qamrovli ishlar boshlab yuborildi

Shaharchadagi 2-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi binosi 1939-yilda qurilgan boʻlib, 70-oʻringa moʻljallangan. Aslida esa mazkur MTMda 101 nafar bola tarbiyalanmoqda. MTM binosida zamonaviy taʼlim-tarbiya ishlarini olib borish uchun yetarli sharoit yoʻq. Vaholanki, hududdagi 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar soni 214 nafarni tashkil etadi. Farzandlarini MTMga berish uchun navbatda turgan ota-onalar safi kun sayin oshib bormoqda. Ayni kunda bu navbat roʻyxati 60 nafardan ziyod. Qolaversa, MTM binosi bugungi davr meʼmoriy talablariga ham umuman javob bermaydi.

Ushbularni hisobga olgan holda “Obod qishloq” dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman hokimligi huzuridagi tuman komissiyasi taklifiga binoan 2-sonli MTMni shaharcha hududidagi boʻsh turgan sobiq Qipchoq hududiy shifoxonasi binosiga koʻchirish rejalashtirilmoqda. MTMni koʻchirish taklif etilayotgan bino 2 qavatli boʻlib, MTMga moslab taʼmirlash ishlari uchun taxminiy hisobda 1,5 mlrd. soʻm mablagʻ talab etiladi. Lekin bolalar – kelajagimiz. Kelajak avlodning barkamolligi uchun xizmat qiladigan har qanday tadbir xayrlidir.

Hududdagi 11-sonli umumtaʼlim maktabi 630 oʻquvchi oʻringa moʻljallangan boʻlib, bugungi kunda mazkur maskanda 839 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olmoqda. 1986-yilda qurilgan maktab binosining sport zali, qoʻshimcha oʻquv xonalari jiddiy taʼmirga muhtoj. Mazkur binoning 922 kv.m qismida yangidan tom yopish, yaʼni shiferlash ishlarini bajarish zarur. Bundan tashqari, maktab binosining 160 ta derazasi zamonaviy «AKFA» romlariga almashtirilib, maktabning ichkari va tashqari qismida taʼmirlash-pardozlash, 505 metrli ihota-toʻsiqlarini oʻrnatish ishlari amalga oshiriladi.

Ijtimoiy muammolarni hal etishga kirishildi

Qipchoq ShFY hududining yanada koʻrkam qiyofa kasb etishini, aholining davlatdan rozi yashashini taʼminlash maqsadida ijtimoiy muammolarni ijobiy hal etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, yer va yerdan foydalanish borasida aholining huquqiy madaniyatini oshirish, noqonuniy qurilishlarga barham berish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini himoya qilish borasida samarali faoliyat olib borilmoqda. Hududda 56 ta noqonuniy qurilishlar aniqlanib, shundan 9 tasi buzib tashlandi va aholiga noqonuniy qurilgan qurilishlar boʻyicha amaldagi qonun hujjatlari haqida tushunchalar berildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj deb hisoblangan 36 ta oila hisobga olinib, ularning ahvolidan xabar olish bilan cheklanib qolmay, zarur dori-darmon mahsulotlari bilan taʼminlandi. 4 nafar kishiga nogironlik aravachalari, 3 nafar nogiron fuqaroga esa protez-ortopediya buyumlari yetkazib berildi. Jiddiy davolanishga muhtoj boʻlgan shaxslarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 8 nafar kishiga sogʻlikni saqlash tizimi muassasalarida, sanatoriy-profilaktoriyalarda davolanishlari uchun yoʻllanmalar berildi.

Har kuni tashabbus, har kuni izlanish

Davlatimiz rahbari 26-apreldagi videoselektor yigʻilishida «Obod qishloq» dasturi doirasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarga oʻta jiddiylik bilan yondashish zarurligini, bu borada sustkashlikka yoʻl qoʻymaslik, har bir rejaviy tadbirning oʻz muddatida amalga oshirilishiga viloyat va tuman hokimlari masʼul ekanligini taʼkidladilar. Demak, amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar oʻta muhim va u muvaffaqiyatli yakun topishi shart. Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek: «Bu ishlarni bugun ishlamasak, ertaga qilishimiz kerak. Buni kutib oʻtiradigan zamon oʻtdi. Har kuni tashabbus kerak, har kuni izlanish kerak. Ana shunda biz oldimizga qoʻygan vazifalarni bajara olamiz».

Demak, «Obod qishloq» dasturida belgilangan vazifalar – shunchaki vazifalar emas, balki umummilliy ahamiyatga ega, xalq taqdiri, ona yurt taqdiri va kelajagi bilan bogʻliq vazifalardir. Qolaversa, mamlakat aholisining 49 foizi yashaydigan qishloqlarimiz obodligi – mamlakat obodligidir. Qishloq aholisi ham yaxshi, zamonaviy sharoitlarda yashashga haqli. Buni unutishga aslo haqqimiz yoʻq!

Demak, Qipchoq shaharchasi aholisi ham namunali turmush tarzini orzu qilib emas, aynan shunday farovonlik goʻshasining egalari sifatida hayot kechirishga, mehnat qilishga haqlidirlar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019