PILLA TEPISh MAVSUMI BOShLANDI

Joriy yil ipak qurti boqish mavsumi oldidan tumanimizdagi 377 ta fermer xoʻjaliklariga 2992 quti ipak qurti urugʻi tarqatildi. Fermer xoʻjaliklari bilan “ASIA SILK” shoʻʼba korxonasi oʻrtasida 163,3 tonna yuqori sifatli pilla hosili yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzilib, pillakorlar uchun zarur sharoitlar yaratib berildi. Har bir quti qurt urugʻi parvarishi uchun pillakorlarga boʻnak tariqasida shartnoma boʻyicha oldindan toʻlovlar amalga oshirildi.
Ayni kunlarda pillakorlar tomonidan yetishtirilgan hosilni pilla qabul qilish maskanlariga topshirish qizgʻin pallaga kirdi. Shu yilning 4-iyun sanasigacha yillik hosilning 14,3 foizi, yaʼni 23,4 tonna yuqori sifatli sanoat xom ashyosi qabul qilib olindi.
Yetishtirilgan pilla hosilini oʻz vaqtida qabul qilish, namlik darajasi meʼyordan oshib ketmasligini taʼminlash maqsadida pillani qabul qilish maskanlarida barcha zarur sharoitlar yaratilib, laboratoriya tahlillari uchun zamonaviy uskunalar oʻrnatilgan. Bu esa pillakorlar mehnatini haqqoniy baholash imkonini bermoqda.
Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶