Obod turmuş yili yangiliklari
Musobaqadoş terimçilar
Qiliçboy ovulidagi Xudoybergan Nurimmatov rahbarlik qilayotgan "Nurimmatov Xudoybergan” fermer xöjaligida bu yilgi paxta yiğim-terim mavsumi har qaçongidan ham uyuşqoqlik bilan ötkazilmoqda.
Fermer xöjaligi terimçilari örtasida taşkil etilgan özaro musobaqa paxta yiğim-terimi surʼatining oşişiga omil bölmoqda.
Fermer xöjaligining musobaqadoş terimçilari Saragul Aşirbova, Dinora Qurbonboyeva, Mehribon Jumatova, Muqaddam Yöldoşeva, Saida Qurbonboyeva, Dilnoza va Gulnoza Xabanovalar har kuni 110-115 kilogrammdan paxta terişib, musobaqa ğoliblari bölişmoqda.
Tibbiy mavzudagi suhbatlar
Tumanimizda paxta yiğim-terimi boşlanişi bilan tuman "Salomatlik” markazi xodimlari qişloq mexnatkaşlari huzuriga otlanişdi.
"Salomatlik” markazi xodimlari "oq oltin”, "Dörman”, "Xolimbeg” va Bobur nomli ovullardagi fermer xöjaliklarida bölişib, paxtakorlar va ularga yaqindan yordam berayotgan haşarçilar örtasida turli xil kasalliklarning kelib çiqişi, ulardan saqlaniş, jarohatlaniş paytidagi birinçi tibbiy yordam haqida suhbatlar ötkazişdi.
"Salomatlik” markazi xodimlarining mehnatkaşlarning tibbiy savodxonligini oşiriş yölidagi harakatlari davom etmoqda.
Haşarçi talabalar ğayrati
Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika institutining pedagogika fakulteti talabalari "Çoyköl” ovulidagi "Yöldoşev Anvar” fermer xöjaligida paxta yiğim-terimida faol iştirok qilişmoqda.
Haşarçi talabalarga barça şaroitlar yaratib berilgani bois iş unumi ham yaxşi böldi. Ntijada qisqa fursat içidayoq talablar tomonidan 50 tonna paxta terildi.
Yana 50 tonna
"Örta qalʼa” ovulidagi 40 tsentnerçi "Ram Haytimbat” femer xöjaligi paxtakorlari rejadagi 100 tonna örniga 130 tonna paxta topşirib, dastlabki ğalabani qölga kiritdilar.
Hozirgi kunda fermer xöjaligi dalalarida har kuni 100 nafarga yaqin terimçi yiğim-terim işlarida qatnaşmoqda.
- Yana 50 tonna paxta yiğib-terib olsak, har gektar yerdan olingan hosildorlik 40 tsentnerni taşkil etadi. Bunga barça imkoniyatlarimiz mavjud, - deydi fermer Baxtiyor Haytimbetov.
Qisqa fursat içida
"Amudaryo-Panaşam” fermer xöjaligida joriy yilda 92 gektar maydonga çigit ekilgan edi. Xöjalik paxtakorlari bahor faslidagi tabiat injiqliklarini mardonavor yengib, dalalarda töliq ğöza nihollari undirib olişga, ğözalarni agrotexnika qoidalari asosida sifatli parvariş qilib, har bir tup ğözada möl hosil töplaşga erişdilar.
Şu bois xöjalik paxtakorlari qisqa fursatdayoq şartnomaviy rejalarini bajarişga erişdilar. Rejadagi 174 tonna örniga 185 tonna paxta topşirgan fermer xöjaligi mehnatkaşlari yiğim-terim işlarini jadal davom ettirişmoqda.
Fermer xöjaligida paxta yiğim-terimida har kuni 140-150 kişi iştirok qilmoqda.
Ilğor terimçilar
"Qipçoq” ovulidagi Jangaboy Jumaboyev rahbarlik qilayotgan "Jumaboyev Jangaboy” fermer xöjaligi paxtakorlari davlatga 90 tonna örniga 100 tonna paxta topşirib, şartnomaviy rejani bajarişga muvaffaq böldilar.
Paxta yiğim-terimida fermer xöjaligining Pardagul Haytakova, Zebo Karimova, Guliston Olimova, Raʼno Xolimbetova va Şahlo Hayitboyeva kabi çevar terimçilari faol iştirok etişib, kuniga 120-130 kg.dan "oq oltin” terişga erişmoqdalar.
Fermer xöjaligi paxtakorlarining niyati – yana 40 tonna hosilni yiğib-terib olib davlat xirmoniga topşirişdan iborat.
Köp tarmoqli fermer xöjaligida
Qiliçboy ovulidagi Bahrom Polvonov rahbarlik qilayotgan "Polvonov Bahrom” fermer xöjaligi tumanimizdagi köp tarmoqli fermer xöjaliklaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi kunda xöjalikda baliqçilik, parrandaçilik, çorvaçilik va maişiy xizmat sohlari rivojlantirilmoqda. Bu işlarning taşkil etilişi tufayli ovulda istiqomat qilayotgan kişilardan 10 nafari iş bilan taʼminlandi.
Yaqinda bu fermer xöjaligida yana bir quvonçli voqea röy berdi – xöjalik paxtakorlari şartnomaviy rejadagi 241 tonna örniga 255 tonna paxta topşirib zafar kuçdilar.
- Biz öz imkoniyatlarimizni çamalab körib, davlatga yana 100 tonna paxta topşirişga ahd qildik, - deydi fermer xöjaligi rahbari Bahrom Polvonov.
Peşqadam paxtakorlar ahdi
Tumanimizning barça hududlaridagi kabi Bobur nomli ovulda ham paxta yiğim-terimi jadal surʼatlar bilan davom etmoqda.
Yaqinda ovuldagi Umid Avazmatov rahbarlik qilgan "Umid Azimxöja” fermer xöjaligi paxtakorlari davlatga 114 tonna örniga 130 tonna paxta topşirib, şartnoma rejasini oşirib ado etişga muvaffaq böldilar.
Fermer xöjaligining Zulxumor Rajabova, Nazokat Annasaparova, Jamila Ötekova, Örozgul Haytimbetova va Maqsuda Yoqubovalar singari peşqadam terimçilarining har birining mavsum boşidan şu kungaça tergan paxtalari 4-5 tonnadan oşib ketdi.
Fermer xöjaligi paxtakorlari öz imkoniyatlarini çamalab körib, davlatga yana 50 tonna paxta topşirişga ahd qilişdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶