IJTIMOIY KOʻMAKKA MUHTOJ OILALAPGA MAIShIY TEXNIKA BUYuMLAPI TOPShIPILDI
Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, jamiyatda oʻzaro hamjihatlik, mehr-oqibat, bagʻrikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilib, mazkur jarayonda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining faol ishtiroki taʼminlanmoqda.
Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining oʻtgan yildagi “Aholining kam taʼminlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosi yuzasidan respublikamizning barcha hududlari, tumanlarida kam taʼminlangan oilalarning ijtimoiy-maishiy ahvoli oʻrganilib, uy-joy va maishiy texnika bilan taʼminlashga, yashash joylarini taʼmirlashga, tibbiy xizmat borasida amaliy yordamga muhtoj oilalar aniqlandi.
Mazkur toifadagi oilalar roʻyxati mahalliy hokimliklar, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan tasdiqlanib, 2018-yil uchun aholining kam taʼminlangan toifalariga begʻaraz yordam koʻrsatish boʻyicha tuman va respublika doirasida manzilli dasturlar ishlab chiqildi hamda shu asosda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining uy-joy va maishiy sharoitini yaxshilash, boquvchisini yoʻqotgan, nogiron oila aʼzolarini parvarishlayotgan ehtiyojmand oilalarni uy-joy bilan taʼminlash, yashash joylarini taʼmirlash, kasalmand oila aʼzolari salomatligini tiklash boʻyicha amaliy yordamlar koʻrsatish ishlari keng koʻlamda olib borilmoqda.
11-iyun kuni tumandagi Amudaryo Akademik litseyida ham tadbir oʻtkazilib, ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarga Taʼlim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi tomonidan maishiy texnik jihozlari berildi. Tumandagi ovul va mahallalarda yashovchi oilalar egalariga 70 ta gaz plitasi, 61 ta gaz ballon va zarur ehtiyot qismlar topshirildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Kasaba uyushmalari tashkilot birlashmasi Kengashi raisi, tuman hokimi S.Yoʻldoshev, Taʼlim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi U.Abdurahmonov, sektorlar rahbarlari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari hamda boshqa maʼsullar ishtirok etdilar.
Topshirish marosimidan soʻng, tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur namoyish etildi.
Koʻrsatilgan bunday eʼtibordan olis qishloq va ovullarda yashayotgan ijtimoiy koʻmakka muhtoj insonlarning koʻngillari togʻdek koʻtarildi.

Ulugʻbek ABDUPAHMONOV, Taʼlim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶