YaNGI MARKAZ ISh BOShLADI










Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 5325-sonli Farmonida xotin-qizlarning jamiyat rivoji yoʻlidagi faolligini qoʻllab-quvvatlash, oʻzligini namoyon eta olishiga sharoitlar yaratish orqali ijtimoiy faolligini oshirish lozimligi, shuningdek, hududlarda yordamga muhtoj boʻlgan, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga manzilli yordam koʻrsatish choralari belgilangan. Shunga muvofiq Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan mamlakatimizning barcha tumanlarida “Ayollar ijtimoiy moslashuv maslahat markazi” tashkil etilishi rejalashtirildi.
Shu yilning 16-iyun kuni rejaga muvofiq tuman hokimligi binosiga yaqin, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va Xalq qabulxonasi joylashgan binoda “Ayollar ijtimoiy moslashuv maslahat markazi”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Mukarram Nurmatova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zuhra Ibragimova, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, hokimlik masʼul xodimlari, bir qator hamkor tashkilotlar rahbarlari, xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislar, hoji onalar, “Qaynonalar kengashi” raislari ishtirok etdilar va markazning samarali faoliyat yuritishi uchun ajratilgan xonalardagi yaratilgan sharoitlar, jihozlanishi bilan tanishdilar.
Tashkil etilgan ushbu markazning asosiy vazifalari ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollarni meʼyoriy hayotga qaytarish, ularga va ularning farzandlariga ijtimoiy-psixologik, tibbiy va huquqiy yordam koʻrsatish, ertangi kunga umid, ishonch bilan qarashga moslashtirishdir. Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan yoki deportatsiya boʻlgan, turli sabablarga koʻra oilasi bagʻriga qayta olmayotgan ayollarga yordam berish, ish bilan taʼminlash, sogʻlom hayotga qaytarish choralarini koʻrish ham markazning asosiy vazifalaridir.
Markaz samarali faoliyat yuritishi uchun kerakli mutaxassislar jalb etildi.
Yangi markaz ishga tushirilishi yurtimizda ayol-qizlarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklarning bir koʻrinishidir.
O. RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶