QON ZAHIRASI MUHTOJ YuRTDOŞLARIMIZGA HAYoT BAXŞ ETADI


Hayot tasodiflarga töla. Bugun baxtiyor va şöx-şodon umrguzaronlik qilayotgan kişi ertaga kimningdir mehriga muhtoj bölib qolişi, kimningdir inʼomi bilan hayoti xavfdan xoli bölişi mumkin.
Butunjahon Soğlikni Saqlaş taşkiloti va Xalqaro qizil yarim oy jamiyati federatsiyalari 14-iyun – Butunjahon donorlar kunini “Özgalar haqida öylang”, “Qon topşiring –hayot ulaşing” şiorlari ostida ötkazdi. Bundan közlangan maqsad ham emin-erkin va faol hayot keçirayotgan kişilar tasodifiy va baxtsiz hodisalar tufayli, turli surunkali kasalliklar tufayli qon quyişga muhtoj bölib qolganda ularga beğaraz yordam berişga çorlaşdilar.
Şu munosabat bilan 18-iyun kuni tuman Tibbiyot birlaşmasida ham Xalqaro donorlar kuni munosib taşkillaştirildi va bunga barça tibbiyot xodimlari jalb etildi.
Birlaşmaning Salomatlik bölimi va Qizil yarim oy jamiyati tuman bölimi hamkorligida tadbirga katta tayyorgarlik körildi. Beğaraz donorlikni tarğib qiluvçi “Yaşaş uçun imkon bering”, “Beğaraz donorlik”, “Donorlik – savobli va xayrli iş” kabi mavzularda tarğibot işlari olib borildi, bukletlar tarqatildi. Beğaraz donorlik tufayli neça-neça yurtdoşlarimizning hayoti saqlab qolinayotganligi, buningdek savobli işga bel boğlayotganlar safi yil sayin köpayayotganligi eʼtirof etildi.
Tadbirda köp yillardan beri beğaraz qon topşirib kelayotgan faol donorlardan TTBning reanimatsiya bölimi mudiri Ş.Çorşamov, reanimatolog şifokor I.Sariboyev, qon banki şifokori Z.Örozboyev, hamşira M.Şukurillayevalar Qizil yarim oy jamiyati tuman bölimi tomonidan qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandilar.
Tadbir ötkazilgan kun 40 nafardan ziyod donorlar qon topşirişdi, 20 litrdan ziyod qon zahirasi tayyorlandi. Bu zahira qaysidir yurtdoşimizning hayotini saqlab qolişga xizmat qilişi tayin.
O.Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶